Anri: "Arsenal"dagilar qadriyatdan ko'ra pulni tanlashgandi"
25 apr 2021 16:34
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/633644_original.jpg)
![](/upload/storage/633644_220.jpg)
Anri: "Arsenal"dagilar qadriyatdan ko'ra pulni tanlashgandi"
"Arsenal" afsonasi Terri Anri klub Evropa Superligasining bir qismi bo'lishga harakat qilib ko'rgani haqida gapirdi.
"Tushunmay qoldim. Ularning Superligaga qo'shilishidan mano yo'q edi. Rahbarlar o'sha paytda "Arsenal"ni klub emas, kompaniya deb hisoblashdi. Ular qadriyatlardan ko'ra, pulni afzal bilishdi. Nima bo'lganda ham bu xato edi va ular buni tushunishdi", - dedi Anri.
Keyinchalik APLning barcha klublari Evropa Superligasidan chiqib ketishdi. Bunga Buyuk Britaniyaning bosh ministri Boris Jonson sabab bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar