"Anji"ning sobiq futbolchisi futboldan bir umrga chetlatildi
16 noy 2020 23:27
Yangiliklar
"Anji"ning sobiq futbolchisi futboldan bir umrga chetlatildi
"Anji"ning sobiq futbolchisi Dmitriy Aydov kelishilgan o'yinlarda qatnashgani sababli bir umrga futboldan chetlatildi.
"Pressbol" xabariga ko'ra, u futbol doirasidagi barcha ishlardan, mahalliy federaciyalarda ishlashga ruxsat etilmaydi, turli xil loyihalarda ishtirok eta olmaydi.
Tergov natijalariga ko'ra, Aydov "Gomel"da o'ynab yurgan paytlarida BATE va Brestning "Dinamo"siga qarshi o'yinlarni "berib yuborishi" uchun 22 ming dollar olgan.
38 yoshli Aydov faoliyati davomida "Volga", "Nijniy Novgorod", "Torpedo", "Anji", Tulaning "Arsenal", "Gomel" va Nijegorodning "Lokomotiv" jamoalarida o'ynagan.
Fikrlar