Angliyada mavsumni tiklash uchun dedlayn belgilandi

Tolibjon Qosimov
5 may 2020, 00:25
Angliya Premer-ligasi rahbariyati joriy mavsumni yakunlash uchun reja tuzib chiqdi.

Bu haqda "The Sun" nashri yozmoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, barcha o'yinlarni 2 avgustga qadar yakunlash uchun qolgan uchrashuvlarni 7 hafta ichida o'tkazish zarur. Bu muddat ichida Angliya kubogini ham tugatib qo'yish rejalashtirilmoqda. Bunday holatda, chempionatni tiklash uchun dedlayn sifatida 19 iyun sanasini belgilash qarori qabul qilingan. Agar bellashuvlar aynan shu sanagacha boshlanmasa, u holda mavsum muddatidan oldin yakunlangani e'lon qilinishi ham mumkin.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: thesun.co.uk