

Biz ushbu o'yinlarda o'zini ko'rsatib qahramon bo'lgan futbolchilarni sizlarga tanishtiramiz.
"Bornmut" - "Nyukasl" 0:1
Qahramon: O'yinda juda ham kam hujum qilgan "Nyukasl" Ayoze Perez tomonidan urilgan gol evaziga 3 ochkoga ega chiqdi.

"Lester" - "Uotford" 2:1
Qahramon: Mezbonlar hujumchisi Jeymi Vardi premer-ligada ketma-ket 9ta gol urishga erishdi! Ayni paytda u 12ta gol bilan ligada to'purar bo'lib turibdi.

"Manchester Yunayted" - "Vest Bromvich" 2:0
Qahramon: "Qizil iblislar"ning 22 yoshli yarim himoyachisi Jessi Lingard jarima maydoni tashqarisidan gol urib hisobni ochdi. Takidlash lozimki, u kecha APLdagi debyut golini urdi.

"Norvich" - "Suonsi" 1:0
Qahramon: 2011 yildan buyon "Norvich" sharafini himoya qilib kelayotgan Jonatan Xouson ushbu mavsumdagi ilk golini "Suonsi"ga qarshi o'yinda urdi. Bu gol jamoasiga g'alaba keltirdi.

"Sanderlend" - "Sautgempton" 0:1
Qahramon: Serbiyalik Tushan Tadich o'tgan turda golli pas oshirgandi, bu safar penaltidan gol urib jamoasiga 3 ochko keltirdi.

"Vest Xem" - "Everton" 1:1
Qahramon: Mehmonlar hujumchisi Romelu Lukaku birinchi bo'lim oxirida to'p kiritdi va "Everton"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

"Stok Siti" - "Chelsi" 1:0
Qahramon: Avstriyalik Marko Arnautovich Londonning "Chelsi" klubining navbatdagi mag'lubiyatiga sabab bo'lgan golni urdi. Mourinyo jamoasi hamon inqirozdan chiqib keta olgani yo'q.

Sizningcha bu qahramonlar orasida qaysi futbolchi kun qahramoni?


