So’nggi yangiliklar

19:21"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон - Эрон (матнли трансляция)  38 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  0 18:35CAFA Nations Cup. Ўмон Ҳиндистон билан 3-ўрин учун беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  7 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  6 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  14 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  9 17:02CAFA Nations Cup финалига мезбонлик қилаётган "Олимпия" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  7 16:23"Барселона" Фликнинг асосий футболчиларидан бири билан янги шартнома имзоламоқчи  0 15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  5 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  4 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  7 14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  7 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  4 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  6

Angliya premer-ligasi 4-turi sharhi Yangiliklar

Angliya premer-ligasi 4-turi sharhi

APLning 4-tur uchrashuvlari sharhi, o'yinlar natijasi va fentezi-futbol bo'yicha Osiyo chempionati natijalari Championat.asia saytida.

Yakshanba kuni bo'lib o'tgan "Manchester Siti" - "Vest Xem" (3:1) o'yini Angliya chempionatining uchinchi tur uchrashuvlari yakunlandi. "Arsenal" nihoyat o'z muxlislarini birinchi ishonchli g'alaba bilan xursand qildi, "to'pchilar" mehmonda "Uotford"ni 3:1 hisobida mag'lub etishdi. Amaldagi chempion "Lester Siti" ham Premer-liganing yangi mavsumidagi ilk g'alabasiga erishdi. "CHelsi" va "Manchester Siti" ham o'zining ishonchli g'alabasi bilan maqtansa bo'ladi. 
Ular turnir jadvalining yuqori o'rinlarini egallab turishibdi. "Manchester Yunayted" "Xall Siti"ga qarshi kechgan og'ir bahsda Rashfordning goli tufayli uch ochkoga ega bo'ldi.
Aleksis Sanches turning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. "Arsenal" futbolchisi "Uotford"ga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatdi va bitta gol urib, ikkita golli pas berdi. Ushbu harakatlar foydalanuvchilarga 12 ochko (sardor sifatida 24 choko, super-kapitan sifatida 36 ochko) keltirdi. Ikkinchi o'rin 2ta gol urishga muvaffaq bo'lgan Raxim Sterlingga nasib etdi. U 10 ochko (sardor sifatida 20 ochko, super-kapitan sifatida 30 ochko) ishladi. Uchinchi o'rinda turning eng esda qolarli futbolchisi - SHey Given. "Stok Siti" posboni "Everton"ga qarshi bahsda 8 ta seyv amalga oshirdi, ammo baxtsiz voqea tufayli u avtogol muallifiga aylanib qoldi. Bu uchrashuvdagi yagona gol edi.
Himoyaga "Manchester Siti" va "CHelsi" futbolchilarini qo'ygan foydalanuvchilar yaxshigina ochko ishlab olishdi. Ikkala jamoa ham himoyada ishonchli o'ynadi. 
"Everton", "Vest Bromvich" va "Midlsbro" ham gol o'tkazib yuborishmadi.
Pol Pogba va Xarri Keyn umidlarni puchga chiqarishda davom etishmoqda. Ikkala futbolchi ham turnir boshidan beri birorta foydali harakat bilan 
ajralib turishgani yo'q. Franciyalik futbolchi tayanch hududiga o'tdi, "Tottenxem" forvardi esa hozirgacha optimal formasini tiklay olmadi. Foydalanuvchilar o'rtasida ushbu tur g'olibi O'zbekistondan "Qodirbek" bo'ldi. U 3-turda 90 ochko to'pladi va hammasi super-kapitan Sanches (36 ochko) va omadli 
tanlangan tarkib tufayli.
Osiyo ochiq chempionati jadvalidagi vaziyat ham o'zgardi. Birinchi o'ringa O'zbekistondan "Liverpool.Usmonov" (187 ochko) chiqib oldi. Keyingi o'rinlarni "Camhero" (Kamboja, 186 ochko) va "toto fc" (Indoneziya, 184 ochko) egallab turibdi.
Hal qiluvchi tur oldidan sovg'alar uchun kurash ayni qizg'in pallada. Birinchi va o'n birinchi o'rin o'rtasidagi farq 13 ochkoni tashkil qiladi. Yurtdoshlarimizbirinchi o'nlikda to'rtta joyni egallab turishi bizni quvontirmoqda. G'alaba qozonish uchun ko'pchilikda imkoniyat bor!



Haftaning eng yaxshi futbolchilari:

Alexis Sánchez (Arsenal) - 11 ochko
Raheem Sterling (Manchester City) - 10 ochko
Shay Given (Stoke City) - 9 ochko
Willian (Chelsea) - 8 ochko
Scott Dann (Crystal Palace) - 8 ochko
Eden Hazard (Chelsea) - 8 ochko
Wes Morgan (Leicester City) - 8 ochko


Super-kapitan qilib tanlangan top-futbolchilar:

1. Zlatan Ibrahimovic
2. Sergio Agüero
3. Eden Hazard
4. David de Gea
5. Philippe Coutinho

Yangiliklardan Eplmanager.com saytida xabardor bo'ling

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика