So’nggi yangiliklar

23:13"Арсенал"нинг таклифи "Спортинг"га маъқул келмади  0 22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  1 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  1 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  2 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  9 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  2 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  8 18:39"Манчестер Сити"да мавсумнинг энг яхши футболчиси аниқланди  6 18:10Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Илк ҳиссиётлар ва саралаш босқичи ҳақида  40 17:45Бошкович бир неча бор жаримага тортилди, Дориев, Зотеев ва Одиловга интизомий чора кўрилди — Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари  8 17:08"Манчестер Юнайтед" ўз футболчисини Осимхен шартномасига қўшишга тайёр  1

Angliya Kubogi. Skott Maktominining qo'shimcha bo'limda urgan goli "Manchester Yunayted"ni chorak finalga olib chiqdi Yangiliklar

Angliya Kubogi. Skott Maktominining qo'shimcha bo'limda urgan goli "Manchester Yunayted"ni chorak finalga olib chiqdi

Angliya Kubogining 1/8 finali doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Vest Xem" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Manchester Yunayted – Vest Xem 1:0

Gol: Maktomini (98, 1:0).

Manchester Yunayted – Xenderson, Lindelef, Uan-Bissaka (SHou, 91), Telles (Uilyams, 91), Maguayr, Matich (Maktomini, 74), Fred, van de Bek (Fernandesh, 74), Marsyal, Grinvud (Kavani, 86), Reshford.

Vest Xem – Fabianski, Coufal, Douson, Kressuell, Ogbonna (Diop, 16; Frederiks, 46), Nobl, Souchek, Bouen (Jonson, 46), Rays, Yarmolenko (Odubeko, 54; Lansini, 112), Fornals.

Manchester United

Scott McTominay - 97'

FA Cup . 5-tur

10/02/2021, 00:30

0
:
1
Finished AET

West Ham United

Stadion: Old Trafford

45'
90'
120'
73'  Nemanja Matic (Scott McTominay)
73'  Donny van de Beek (Bruno Fernandes)
86'  Mason Greenwood (Edinson Cavani)
91'  Alex Telles (Luke Shaw)
91'  Aaron Wan-Bissaka (Brandon Williams)
97'  Scott McTominay
97'  Marcus Rashford
16'  Angelo Ogbonna (Issa Diop)
46'  Issa Diop (Ryan Fredericks)
46'  Jarrod Bowen (Ben Johnson)
54'  Andriy Yarmolenko (Ademipo Odubeko)
88'  Pablo Fornals (Said Benrahma)
112'  Ademipo Odubeko (Manuel Lanzini)

YANGILASH

Marsyal yana bir bor birga bir vaziyatdan gol ura olmagandan keyin uchrashuv bosh hakami xushtak chalib, o'yinni yakunladi. "Manchester Yunayted" qiyinchilik bilan chorak finalga chiqdi.

120. O'yinga 1 daqiqa qo'shib berildi.

118. Marsyal juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Zarba kuchsiz chiqdi.

114. SHu daqiqaga kelib, "Vest Xem" o'yindagi ilk aniq zarbasini yo'lladi. Bunda ham Benraxma offsaydda qolib ketgandi.

112. Manuel Lansini o'yinga tushdi. Kuzatamiz.

108. UXXXX!! SHou kutilmaganda hujumga o'tib ketdi. Marsyalning o'tkir pasi orqali u Fabianski bilan birga bir holatga chiqib borishi mumkin bo'lgandi. Ammo Lukash to'pga chiqib bordi va ushlab oldi.

106. To'rtinchi bo'lim boshlandi!

Demak, jamoalar tezda tomonlarini almashib olishadi.

3-bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

103. EXXXXX!! Brunu qulay imkoniyatga chiqib borayotgandi. To'pni qizg'anmadi va Marsyalga oshirdi. CHarchagan Antoni to'pga eta olmadi.

100. Souchekning Benraxma tomon uzatgan to'pi Xenderson tomon bordi.

98. GOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Reshforddan super assist va Maktominidan kuchli zarba va gol!

95. Reshford raqiblaridan o'tib keta olmadi. U bugun juda ko'p aldamoqda. Ko'p fintlari o'xshamayapti, jamoaviy o'yin ko'rsata olmayapti.

91. Uchinchi bo'lim boshlandi!

Asosiy vaqt tugadi. Qo'shimcha bo'limlarni ko'ramiz.

90+2. ANA HOLOSSS!! Hozir Souchek MYUni Kubokdan chiqarib yuborishi mumkin edi. Uning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvozaga kirib ketayotgandi. Van-Bissaka qahramon.

90+1. "Vest Xem" so'nggi soniyalarda burchak zarbasiga ega bo'ldi. Ko'ramiz.

2-bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. Juda kam) 

85. MYU juda katta kuchni hujumga tashlagan. Kavani esa o'yin qo'shimcha bo'limlarda ham davom etmasligi uchun maydonga tushirildi.

82. Tellesning qanotdan uzatgan to'pi uchun kurashda Marsyal g'olib bo'ldi. Ammo uning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

80. Fernandeshning zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

71. G'alati vaziyat bo'ldi. Van-Bissaka to'pni tepib yuborish chog'ida xato qildi. To'p osmonga ko'tarilib erga tushayotganda darvozaga kirib ketishi mumkin edi. Xenderson to'pni burchakka chiqarib yubordi.

68. Lindelofning xatosidan keyin "Vest Xem" qarshi hujumga o'tib ketdi. Souchek gol urishga yaqin turgan Rays tomon to'pni oshira olmadi. Lindelof xatosini to'g'irladi.

65. Ikkinchi bo'limning 20 daqiqasi ortda qoldi. Hozircha o'yin teng kurashlar ostida kechmoqda.

62. "Vest Xem" hujumda edi. Qanotdan uzatilgan to'p uchun kurashgan Souchek Lindelofga qarshi fol ishlatdi.

59. UXXXX!! "Vest Xem"ning hujumi xavfli chiqdi. Kressuellning zarbasini Lindelof autga chiqarib yubordi.

57. Van de Bek oddiy joyda xatolar qilishni boshladi. Balki Kavani va Fernandeshni ko'radigan vaqtimiz kelgandir.

53. ZARBAAAAAA!! To'p himochilardan o'tib ketdi va Reshford raqib posboni bilan birga bir qolib ketdi. Hujumchi vaziyatdan foydalana olmadi.

50. Hozircha jamoalar oldinga o'tishga shoshilishmayapti.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. "Old Trafford" uzra qor yog'moqda! Bu esa o'yin tempiga salbiy tasir ko'rsatmasa bo'lgani.

Unchalik yuqori tempda o'tmagan taym yakunlandi. Tanaffus!

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

40. Maguayr juda oddiy vaziyatda to'pni oldirib qo'ydi va fol ishlatdi.

37. SAL QOLDI!!! Boven hisobni ochishga yaqin kelgandi. Ammo bu vaziyatda boshlar to'qnashdi. Boven va Marsyal erda yotibdi. Juda jiddiy jarohat olgan ikkisi ham.

34. UXXXXX!! Telles hozir Xenderson bilan birga bir vaziyatga chiqib borishi mumkin bo'lgan Yarmolenkoni to'xtatib qoldi.

28. UXXXXX!! Van de Bek gol urishi mumkin bo'lgandi. Kressuell yana bir bora jamoasini goldan qutqarib qoldi.

27. ZARBAAAAA!! Lindelof o'zi bilmagan holda gol urib qo'yishi mumkin edi. Uning boshi bilan yo'llagan zarbasini Fabianski qiyinchilik bilan qaytardi!

24. MYU bosim qilmoqda.

19. Matichning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

16. ZARBAAAAA!! Grinvud o'yinda golga tortadigan chinakam vaziyatga ega bo'lgandi. Zarbani Kressuell qaytardi.

14. Ogbonnaga uzoq vaqt yordam ko'rsatildi. Burchakdan MYU unum chiqara olmadi.

11. UXXXXX!!! Uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyat! Tellesning pasidan keyin Marsyal zarba berdi. Ogbonna o'zini zarbaga qalqon qildi va oyog'idan jarohat oldi.

9. O'yin to'liqligicha markazda kechmoqda. Vaziyatlar yo'q.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Old Trafford"ga qaratamiz. Unda "Manchester Yunayted" Angliya Kubogi chorak finaliga chiqish uchun "Vest Xem"ga qarshi kurash olib boradi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика