So’nggi yangiliklar

23:40Тарихга назар. Ўзбекистон терма жамоаси мағлуб бўлган пенальтилар сериясини ёдга оламиз  0 23:13Саудия Арабистони ЖЧда ярим финални мақсад қилади  1 22:51Озарбайжон. Ўзбек футболчилари дербисида Раҳмоналиев жамоаси йирик ғалаба қайд этди  2 22:16Гюлер "Реал"дан кетмоқчи эмас  3 21:51Қозоғистон клуби ўзбекистонлик футболчилар трансферини эълон қилди  1 21:14Куртуа термага қайтмоқда!  0 20:49Эрон чемпионати. "Истиқлол" мағлуб бўлди, Машарипов ва Кожо захирадан майдонга тушди  7 20:27ЎзПФЛ 4 клубнинг U21 жамоаси учун майдонини қабул қилмади, 1-турдаги 1 ўйин ўтказилмайди  4 20:02Рой Кин Бруну Фернандеш сардорлиги ҳақида: "У биз кутган сардор эмас, иқтидорли бўлишнинг ўзи камлик қилади"  2 19:32Ла Лига ҳакамларини танқид қилгани учун "Реал"га нисбатан иш очилди  22 19:18"Манчестер Сити" янги футболчи жамоа сафига келиб қўшилганини эълон қилди  1 18:41Себальос мушак жароҳати туфайли сафдан чиқди  1 16:43Дуайт Йорк: "31 ёшли Погба МЮнинг бутун ярим ҳимоясидан яхшироқ формада"  19 16:19"Бавария" фикридан қайтиб қолди  6 15:30Салах "Олтин тўп" ҳақида: "Баъзида ҳолатга ташқи таъсир бўлиши мумкин"  60

Angliya JCHda yana muvaffaqiyatga umid qilmoqda. Hatto Keyn sharafiga London muzeyida ko'rgazma ham ochildi Yangiliklar

Angliya JCHda yana muvaffaqiyatga umid qilmoqda. Hatto Keyn sharafiga London muzeyida ko'rgazma ham ochildi

Angliyada jahon chempionatini ehtiyotkorlik bilan kutishmoqda.

Terma jamoaning so'nggi oylardagi unchalik yorqin bo'lmagan o'yinlari cheksiz optimizmdan to'xtatib qo'ydi, kelayotgan Rodjestvo esa turnir uchun annaviy bo'lgan musiqiy efirni It's coming home emas, yangi yil qo'shiqlari to'ldirmoqda.

SHunga qaramay, mamlakat intiqlik bilan kutmoqda: barcha sport-pablari terma jamoa o'yinlari uchun bir necha hafta oldindan band qilib qo'yilgan va hattoki ko'rgazmalar bazi terma jamoa o'yinchilariga bag'ishlangan. Xo'sh, London muzeyida terma jamoa sardori Xarri Keynning ko'rgazmasi ochildi.



London muzeyi London Sitining markazida joylashgan – shaharning tarixiy markazi. Asosiy ekspoziciyasida shaharning 2000 yillik tarixiga oid zallar mavjud.



Keyn haqidagi ko'rgazma Evro-2020dan keyin "shahrimizning eng buyuk sportchilaridan biri" sharafiga ochilgan.

Tarifda terma jamoa sardori har tomonlama maqtalgan: "Uning qatiyati, mehnatsevarligi, chidamliligi va sport mahoratiga ega Xarri bilan tashkil etilgan ushbu ko'rgazma kelajak avlodni ilhomlantiradi va barcha yoshdagi mehmonlarni eng yaxshisi bo'lishga va hech qachon o'z orzularidan voz kechmaslikka undaydi".

Ekspoziciya Evropa chempionati haqidagi stenddan boshlanadi: bu erda kumush medal, yarim finaldagi libos, sardorlik bog'ichi va Ukraina bilan o'yindagi eng yaxshi o'yinchi mukofoti.



Xarri butun uy kollekciyasi, arxiv suratlar va futbolkalarni muzeyga ko'chirdi. Ekspoziciya atigi bitta o'yindan tashkil topgan: zal kichik, ammo "Tottenxem"ning sovrinlar xonasidan katta.



Barchasi bolalik rasmlari va muvaffaqiyatlarning birinchi xotiralari bilan boshlanadi.






9 yoshli Xarrining qanday qilib "Arsenal" akademiyasidan haydalgani haqidagi qayg'uli hikoya.



Maktab formasi va bolalikdagi ilk mukofotlar.



Bolalik orzulari ushaladi: "Men emaklay olaman, yig'lay olaman, suza olaman, futbol o'ynashni xohlayman".



Zalning markazida Xarrining ko'p sonli shaxsiy mukofotlaridan tog' qilingan.





Xet-trik qayd etilgan to'plar, o'yinning eng yaxshi futbolchisi mukofoti va oltin butsalar.







GQ jurnalining "Yil odami-2018" mukofoti va Keyn 2016 yilda harakat qilgan niqob.




Keyn qiziqib kuzatidan MFL (Milliy futbol ligasi)dan ham biroz parcha: Tom Bredi imzolagan amerikancha futbol to'pi.



Turli yillardagi futbolkalar maxsus kiyim almashtirish xonasida qo'yilgan. Naushniklarda Xarrining pleylisti (Ed SHiran, Rianna va Adel).



"Leyton Orient" liboslari uchun alohida ilgich: Keyn 2011 yilda u erda ijarada o'ynagan, 2020 yildan esa 2-liga klubiga homiylik qiladi.



Qolgan "Millioul", "Lester" va "Norvich" liboslari xronologik tartibda joylashtirilgan.



Va albatta, SHimoliy Londondagi o'n yillik.



So'nggi qismi terma jamoadagi faoliyatga bag'ishlangan.



2013 yilgi yoshlar o'rtasidagi JCHdan akkreditaciya (ammo Xarrining u haqida eslay olishi qiyin masala: Angliya hatto guruhdan ham chiqa olmagan).



JCH-2018 uchun alohida joy.



Panamaga qarshi o'yindagi libos.



6ta gol uchun "Oltin butsa".



Turnirdan so'ng Xarri olgan Britaniya Imperiyasi ordeni.



Rossiya tribunalaridagi oilaviy suratlar.




Bo'lajak JCHda Xarrining ikkita maqsadi bor: terma jamoada gollar bo'yicha rekordchi bo'lish...



... va sovrinlar kollekciyasini to'ldirish. Bu amalga oshadimi?


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика