So’nggi yangiliklar

22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  5 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  43 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  30 20:43Париж-2024. Аргентина Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  373 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  3 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6

"Old Trafford"da kim bayram qiladi? Manchester derbisi prevyusi Yangiliklar

"Old Trafford"da kim bayram qiladi? Manchester derbisi prevyusi

Bugun APL 31-turining qoldirilgan bahsi doirasida Manchester derbisi bo'lib o'tadi.

"Old Trafford"da "Yunayted" jamoasi "Siti"ni qabul qiladi.

Manchester United

Premier League . 31-tur

25/04/2019, 00:00

2
:
0
Tugadi

Manchester City

Bernardo Silva - 54', Leroy Sane - 66'

Stadion: Old Trafford, 74431 tomoshabin

Bosh hakam: Andre Marriner

45'
90'
24'  Andreas Pereira
72'  Andreas Pereira (Romelu Lukaku)
83'  Jesse Lingard (Anthony Martial)
83'  Matteo Darmian (Alexis Sanchez)
89'  Luke Shaw
10'  Vincent Kompany
26'  Oleksandr Zinchenko
51'  Fernandinho (Leroy Sane)
54'  Bernardo Silva
54'  Ilkay Gundogan
66'  Leroy Sane
66'  Raheem Sterling
89'  Ilkay Gundogan (Danilo)
89'  Sergio Aguero (Gabriel Jesus)

Jamoalar bugungi bellashuvga turlicha kayfiyatda etib kelishdi. Ularning ayni paytdagi motivaciyasi ham bir-biridan farq qiladi. SHaharning ko'k qismi bosh sovrin uchun kurash olib borayotgan bo'lsa, qizillar to'rttalikka kirib ECHLga ilinish uchun harakat qilishmoqda.

Bugungi to'qnashuvni xirgi yillardagi eng muhimi desak ham bo'ladi. Sababi, manchesterliklar shunday pallada o'zaro to'qnash kelishmoqda-ki, g'alaba yoki mag'lubiyat tomonlarning mavsumni qanday yakunlashiga jiddiy tasir ko'rsatadi. MYU uchun g'alaba Top-4ga kirish imkonini yaxshilasa, mag'lubiyat o'sha umidni deyarli so'ndirib qo'yishi mumkin. "Man Siti" uchun esa g'alaba chempionlik uchun juda katta qadam bo'ladi, yo'qotish esa bu yo'ldagi umidlarni kamida ikki barobar kamaytiradi.


"Manchester Yunayted" tobora muammolar girdobiga sho'ng'ib ketmoqda. Ichki muhit havas qilgudek emasga o'xshamoqda. "Everton"ga qarshi uchrashuvdan keyin kiyinish xonasida janjal kelib chiqqani aytildi, nomi oshkor qilinmagan futbolchi esa Reshford "Barselona" tomonidan bo'layotgan qiziqishdan so'ng oldingidek kamtar emasligini aytgan, buyoqda Pogba sheriklariga jamoani almashtirmoqchiligini aytgani shov-shuv bo'layapti. Bu gap-so'zlar rost yoki yolg'onligi aniq emas. Ammo, shuncha narsa tashqariga chiqib ketayaptimi, demak ichkarida chindan ham hammasi joyida emas.

Ko'pchilik derbida Ander Errera safga qaytishini taxmin qilgandi, ammo kecha mehmonxonaga joylashgan o'yinchilar orasida Errera yo'q. Demak, juda katta ehtimol u bugun o'ynamaydi. Lyuk SHou esa diskvalifikaciyadan so'ng tarkibga qaytadi va chap qanot himoyaning mustahkamligini taminlaydi. O'ng qanotga esa kim tushishi qiziq. Sulsher yosh va hujumga o'tishni hush ko'radigan Dalotni tanlaydimi yoki tajribali, ammo oxirgi o'yinlarda ko'p xatolarga yo'l qo'yib kelayotgan Yang variantida to'xtaydimi buni vaqt ko'rsatadi. Markaziy himoyada esa Olening oldida hech qanday variantlar yo'q, tarkibda faqatgina ikki nafar himoyachi sog' - Lindelyof va Smolling. Maydon markazida Matich va Pogbaga Fred va Maktomineydan biri sherik bo'ladi. Hujum borasida esa Sulsherga oson bo'lmasligi aniq. So'nggi uchrashuvlardan kelib chiqsak, jamoaning hujumkor o'yinchilaridan hech biri formada emas va bu jiddiy muammo. Darvozasidan juda kam gol o'tkazayotgan "Man Siti"ga qarshi hujumchilar kayfiyatlarini ko'tarishlari shart. Aks holda, keyingi mavsum MYUni ECHLda emas, Evropa ligasida ko'rishimiz mumkin.


"Manchester Siti"da esa CHempionlar ligasini alamli tark etishni hisobga olmaganda hammasi ajoyib. Gvardiola shogirdlari so'nggi o'yinlarni yuqori kayfiyatda o'tkazishmoqda va bu ularga ishonch berishi shubhasiz. Tarkibda birgina yo'qotish bor - Kevin de Bryuyne. Qolgan asosiy futbolchilarning hammasi soppa-sog' va derbiga tayyor.

Gvardiola shogirdlarining hujumlari va pressingi mezbonlar himoyasiga etarlicha muammolar tug'dirishi tabiiy. O'z-o'zidan bugungi bellashuvning favoriti - "Manchester Siti".


"Old Trafford" bugun qanday ahvolda bo'ladi? Qizil sharflarni ko'tarib g'alabani nishonlagan muxlislarnimi yoki qon yig'lab CHempionlar ligasining yangi mavsumidan umidini deyarli uzadigan ishqibozlarnimi, bunisiga tun yarmidan oqqanda guvoh bo'lamiz. Bu uchrashuvni o'tkazib yubormaslikni tavsiya etamiz. Zero, jamoalarning qanday ahvolda ekani va turnir jadvalidagi o'rnidan qati nazar bu principial to'qnashuv va bu uyqudan voz kechishga arzidi.

APL, 31-tur
24.04.2019, 23:55
"Old Trafford"
"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti"
Bosh hakam:
Andre Marriner


Taxminiy tarkiblar:

"Manchester Yunayted": David De Xea – Eshlt Yang, Kris Smolling, Viktor Lindelyof, Lyuk SHou – Nemanya Matich, Skott Maktominey, Pol Pogba – Jessi Lingard – Aleksis Sanches, Markus Reshford.

"Manchester Siti": Ederson – Kayl Uoker, Jon Stounz, Emerik Laport, Aleksandr Zinchenko – Bernardu Silva, Fernandino, David Silva – Rahim Sterling, Serxio Aguero, Leroy Sane.

O'ynamaydi: Antonio Valensiya, Erik Bayi – Klaudio Bravo, Kevin De Bryuyne.

So'roq ostida: Ander Errera — …


Qiziqarli malumotlar

- "Manchester Siti" Premer-ligadagi oxirgi 10ta o'yinning barchasida g'alaba qozondi;

- "SHaharliklar" APLda oxirgi to'qqizta bahsdan 7tasida gol o'tkazmasdan g'olib bo'lishdi;

- "Manchester Yunayted" chempionatda 14ta o'yindan beri uyda mag'lub bo'lmayapti;

- "Siti" "Yunayted"ga qarshi barcha musobaqalarda oxirgi uchta o'yinda kamida ikkitadan gol kiritib kelmoqda;

- APLda hech bir jamoa "Old Trafford"dan "Manchester Siti"dan ko'ra ko'proq g'alaba bilan qaytmagan - 6ta g'alaba ("CHelsi" ham xuddi shuncha marta "Yunayted" maydonidan yutuq bilan ortga qaytgan).


Murabbiylar fikrlari

Ole Gunnar-Sulsher: "Manchester Siti"ga qarshi o'yin - ajoyib imkoniyat. Maydonda berkinish uchun joy bo'lmaydi. Agar borimizni bersak muxlislarimiz natijadan qati nazar bizni qo'llab-quvvatlashadi. O'yinchilarimdan bunga to'g'ri javob olishimga ishonaman".

Xosep Gvardiola: "Eng yaxshi holatdagi "Manchester Yunayted"ni kutyapman. Ularda g'urur bor. Futbolchilarda doimo g'urur bo'ladi, ular eng yaxshi futbolni namoyish etishni xohlashadi va biz buni ko'ramiz.

Oxirgi 10 yilda "Manchester Siti" o'yinchilarining darajasi imkoniyatlarni ancha tenglashtirib qo'ydi. Oldin farq sezilarli edi".


Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика