So’nggi yangiliklar

02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  4 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  16 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  2 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  30 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  91 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1018 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  10 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  20 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10

Angliya. 31-tur. "Manchester Siti" - "Fulxem" 5:0 Yangiliklar

Angliya. 31-tur. "Manchester Siti" - "Fulxem" 5:0

Angliya premer-ligasining 31-turida "Manchester Siti" o'z uyida "Fulxem"ni qabul qildi.
                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                         YANGILASH

Ushbu sahifada o'yin boshlangach matnli translyaciyani kuzatib borish mumkin bo'ldi.


Uchrashuv boshida Maydon egalari ikki bor to'pni jarima maydoniga uzatishdi, ikkala vaziyatda Stokdeyl to'pni qaytardi. 7-daqiqada Sabaletaning pasidan so'ng Negredo to'pga eta olmadi. 13-daqiqada Milner raqib jarima maydoni ichida yiqildi, hakam penalti belgilash uchun asos yo'qligini ko'rsatdi.

17-daqiqada o'yindagi ilk xavfli vaziyatni "Manchester Siti" tashkil qild. Kolarov to'pni jarima maydoni ichiga oshirdi, Siduell to'pni qaytardi, bu to'p Milnerga bordi. Milner to'pni oyog'ining tashqi tomoni bilan darvozaning yuqori burchagiga yo'lladi, Stokdeyl to'pni qaytardi.

23-daqiqada Vudrou to'pni darvozaga yo'lladi, qaytgan to'pga Richardson kuchli zarba berdi, to'p darvozaning ustuni yonidan o'tib ketdi!

25-daqiqada Amorebeta o'z jarima maydoni ichida Negredoni yiqitdi, hakam penalti belgiladi. Yaya Ture nuqtqadan adashmadi - 1:0

32-daqiqada Richardson chap qanotda to'pni Demichelisda olib qo'ydi va jarima maydoni ichiga oshirdi. Sasha Riter boshi bilan biroz noaniq zarba berdi.

37-daqiqada "Siti" yana gol urishi mumkin edi. Ture jarima maydoni ichidagi Silvaga to'p uzatdi, ispaniyalik futbolchi bir harakat bilan Stokdeylni ojiz qoldirdi, ammo darvoza chizig'i ustida Amorebeta to'pni qaytarishga erishdi!

43-daqiqada Milnerning pasidan so'ng chap qanotdan jarima maydoni ichiga kirib borgan Kolarov darvozaga zarba berdi, to'p darvozabonning qo'llariga va darvoza to'siniga tegib maydonga qaytdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. David Silva to'pni oldinga oshirdi, Negredo va Amorebeta o'rtasidagi kurashda himoyachi ustun keldi.

54-daqiqada Amorebeta o'z jarima maydoni ichida Silvani yiqitdi va hakamdan qizil kartochkani oldi. Bu safargi penaltini ham Yaya Ture aniq amalga oshirdi - 2:0.

61-daqiqada Jeyms Milner jarima maydoni ichidan to'pni darvozaga yo'lladi, noaniq.

67-daqiqada Yaya Ture o'zining uchinchi golini urdi, gol ajoyib chiqdi. CHamasi 25 metrlardan darvozaning yuqori burchagiga - 3:0!

73-daqiqada Kolarov chamasi 22 metrlardan darovozani nishonga oldi, Stokdeyl qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

77-daqiqada Demichelis Nasrining pasidan so'ng boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi, chiziq ustida turgan himoyachi qahramon bo'ldi.

86-daqiqada Fernandino Angliya premer-ligasidagi ikkinchi golini urdi - 4:0.

89-daqiqada Yovetich darvozaga zarba berdi, darvozabondan qaytgan to'pni himoyachi Martin Demicheles to'p kiritdi - 5:0! 

O'yin aynan mana shu hisob bilan yakunlandi.

Manchester Siti – Fulxem 5:0
22 mart, 20.00, Etixad Stedium
Gollar:
1:0 – 26, penalti Yaya Ture,  2:0 – 54, penalti Yaya Ture,  3:0 – 67, Yaya Ture,  4:0 – 86, Fernandino,  5:0 – 89, Demicheles
Manchester Siti – Jo Xart, Sabaleta, Demichelis, Leskott, Kolarov, Yaya Ture (Roduell, 77), Silva (Navas, 68), Nasri (Yovetich, 82), Fernandino, Milner, Negredo.
Fulxem – Stokdeyl, Xeytinga, Amorebeta, Xangeland, Riter, Kachaniklich (Roberts, 56), Kvist, Richardson (Xoltbi, 55), Siduell, Riise, Vudro (Kasami, 84).
Ogohlantirish: Amorebeta (26), Siduell (64), Roberts (65), Fernandino (90).
CHetlatish: Amorebeta (53).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика