Andrey SHipilov: "Nima bo'lganda ham bunchalik yirik hisobda yutqazmasligimiz kerak edi"
19 apr 2018 20:20
Yangiliklar
Andrey SHipilov: "Nima bo'lganda ham bunchalik yirik hisobda yutqazmasligimiz kerak edi"
"Metallurg" - "Paxtakor" (0:5) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Andrey SHipilov championat.asia saytiga o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun bizda obektiv va subektiv sabablar bor edi. Biz deyarli zaxirasiz o'ynadik. Ammo shunga qaramay bunchalik yirik hisobda mag'lubiyatga uchramasligimiz kerak. Standart vaziyatlar vaqtida jarima maydoni ichida xayol surish kerak emas. Hech bir futbolchi haqida yomon gapirmoqchi emasman. "Paxtakor"ni haqli g'alaba bilan tabriklayman.
Menimcha bugun "Paxtakor" SHota Arveladze boshchiligidagi eng chiroyli o'yinini namoyish etdi. Bu bilan uni shaxsan tabriklayman", - deydi Andrey SHipilov championat.asia saytiga.
Fikrlar