So’nggi yangiliklar

11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  3 11:25Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Японияга қарши таркиби маълум  1 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  6 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  7 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  4 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4

Andrey SHipilov: "Murabbiylar shtabi faoliyatini mevasi shunday o'yinda ko'ringani juda yoqimli" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Murabbiylar shtabi faoliyatini mevasi shunday o'yinda ko'ringani juda yoqimli"

Teglar :  Andrey SHipilov
Coca Cola Superliganing 19-turi doirasida "Lokomotiv"ga qarshi uchrashuvidan keyin "Metallurg" ustozi Andrey SHipilov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Ushbu uchrashuvga tayyorlanish uchun etarlicha vaqtga ega bo'ldik. Biroq tayyorgarlikda hech qanday etiborga moliq jihatlar bo'lmadi. Raqibning kuchini to'g'ri hisobga oldik. Birinchi bo'lim davomida to'pni ushlab turish borasida anchagina oqsadik. "Lokomotiv" o'yinni anchagina faol boshladi. Bunday bo'lishini barcha kutgandi. Biroq bunday maydonda yomon o'ynashning iloji yo'q. Ha, birinchi bo'limning o'zida g'alati gol qo'yib yubordik. Tanaffusda yigitlarga hali hech nima yo'qotilmaganini, barchasi oldinda ekanligini va kurashish kerakligini tushuntirdim. Ikkinchi bo'limda o'yinni biz nazorat qilganimizni barcha ko'rdi. Raqibdan ko'ra ko'proq vaziyatlarga ega bo'ldik. O'yinning oxirgi daqiqalarida esa ikki jamoa ham yuqori notadagi o'yin taklif qilishdi. Bizda ham, ularda ham yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi. Namangandagi kabi gol kiritib, 3 ochkoni o'zimiz bilan olib ketishimiz mumkin edi. Hozir sentyabr oyi. Har bir ochko suv va havodek juda muhim. 

Bekoboddagi o'yinning birinchi bo'limida "Lokomotiv" juda yaxshi o'yin namoyish qilgandi. Jamshid Iskanderov juda ajoyib xatti-harakatlari bilan ajralib turdi. Terma jamoa futbolchilari ham yuqori sifatli o'yin ko'rsatishdi. Biroq o'sha kuni ham ikkinchi bo'limda biz yaxshiroq o'yin ko'rsatgandik. Hozir esa umuman boshqacha holat. Jamoada murabbiylar shtabi o'zgardi. SHu boisdan "Lokomotiv" o'z o'yin uslubini biroz o'zgartirdi. O'sha kuni "Lokomotiv" juda yorqinroq o'yin ko'rsatgandek nazarimda. Bugun ham ular munosib turib bera olishdi.

Katta sharoitlarga ega bo'lgan jamoalar maydonda turib qolmasligi kerak. Termadan qaytgan Arslanmirat Amanov, Anzur Ismoilov, Davron Hoshimov, Timurxo'ja Abduxoliqov kabi futbolchilar ham ajoyib holatda ekanligi ko'rindi.

Bugungi natijadan keyin biz taktik va jismoniy holatimiz yaxshi ekanligini ko'rdim. Murabbiylar shtabining faoliyati mevasi shunday o'yinlarda ko'rinayotgani juda, juda, juda yoqimli albatta.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика