So’nggi yangiliklar

02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  31 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  11 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  10 23:19Анге Постекоглу: "МЮ футболчиларининг бундай катта ўйинга қандай тайёрланишини билмаймиз"  1 22:55Родригога Англиядан харидор чиқди  2 22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  12 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  2 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  5 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  5 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  4 19:06Лига 1 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 18:41Тошкентда ютган мураббий ва футболчи, мавсумдаги илк ғалабага эришган посбон, "Жар"да супергол урган футболчи — Суперлигада 10-турнинг энг яхшилари  2

Andrey SHipilov: “Metallurg” O'FA va PFL talablarini doimo bajarib kelgan va shunday bo'lib qoladi” Yangiliklar

Andrey SHipilov: “Metallurg” O'FA va PFL talablarini doimo bajarib kelgan va shunday bo'lib qoladi”

“Metallurg” jamoasi bosh murabbiyi Andrey SHipilov so'nggi paytlarda turli nashrlarda klub va uning poziciyasi haqida berilayotgan materiallarga o'z munosabatini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning qaysidir saytida "Metallurg" bosh murabbiyi O'FA va PFL talabini bajarmasligini aytdi" degan sarlavhali material chiqqan edi. Ushbu sarlavhada SHipilovning fikrlari noto'g'ri talqin qilingan. Sarlavhadagi so'zlar SHipilov aytgan gaplarga umuman mos tushmas edi. 


-    Andrey Sergeevich, keyingi paytlarda Sizning nomingizdan “Metallurg” futbol klubi va uning poziciyasi yuzasidan ayrim tushunarsiz materiallar chop etilyapti. Go'yoki, “Metallurg” O'FA hamda PFLning talablarini bajarishdan bosh tortayotganmish?
-    Bu bo'lmagan gap. Biz O'zbekiston futbol federaciyasi hamda Professional futbol ligasi olib borayotgan islohotlar, o'zgarishlarga aslo qarshi emasmiz. Aksincha, yangilanish yo'lidagi har qanday ijobiy harakat va qarorlarni qo'llab quvvatlaymiz. Men ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlarni hurmat qilaman. Ammo savollariga qaytargan javoblarimizni o'z maqsadlari yo'lida boshqacha talqin etishlari, bizni yuqori tashkilotlarimizga yomon ko'rsatib qo'yishlariga qatiyan qarshiman. Mamlakat milliy chempionati – Superliganing 2019 yilgi mavsumi arafasida klubning yangi mavsum arafasidagi maqsad va vazifalari haqidagi savollarga javob berib, yuksak natijalarga erishish uchun juda ko'p, tinimsiz mehnat qilish kerakligini takidlaganman. Natija yo'lida maydonga tushishga eng munosib, tayyor o'yinchilar xizmatidan foydalanishimni aytganman. Hatto terma jamoaga nomzod o'yinchiga ham talab bir xil qo'yilishini bildirganman. O'yin kuni holati ham jismonan, ham ruhan murabbiylar shtabini qanoatlantirgan futbolchini maydonga tushiramiz, deganman. Xo'sh, buning nimasi O'FA yoki PFL talabini bajarmaslik ekan? Menga qolsa 1997 yil emas, undan kichik, 1999, 2000, 2001 yilda tug'ilgan futbolchi bo'lmaydimi, ularni ham maydonga tushirishga tayyorman, agar ijobiy natijaga erishishimizga yordam bera olishsa. Qani bu erda yuqori futbol tashkilotiga bo'ysunmaslik?



-    O'zi “Metallurg”da Reglament talablari bo'yicha muammolar yo'qmi?
-    Maqtanishga yo'ymangu, Osiyo chempionlar ligasida Vatanimiz sharafini himoya etayotgan jamoalardan tashqari “Metallurg” birinchilardan bo'lib 2019 yilgi mavsum uchun buyurtma topshirdi. Agar klub oldida muammolar bo'lganida yoki “Metallurg” O'FA va PFL Reglamenti talablari bajarmaganida jamoa o'yinchilari ro'yxatdan o'tkazilmagan bo'lardi. Ayni paytda yangi mavsum uchun chiqarilgan Reglament bo'yicha ko'z tegmasin barcha talablarni baholi qudrat ado etib kelayapmiz. O'tgan mavsumlar uchun futbolchilar, murabbiylar oldida qarzdorlik yo'q. Stadion yangi mavsum o'yinlarini qabul qilishga deyarli tayyor. Markaziy stadionimizda so'nggi pardozlar ishlari olib borilayapti. Futbol maydonini sug'orish tizimi butunlay yangilandi, drenaj holati qayta ko'rib chiqildi. Tribunadagi singan, yaroqsiz holatga kelib qolgan barcha o'rindiqlar yangilandi. Yoritgich tizimimizda ham muammolar yo'q. O'tgan mavsumda projektor chiroqlari Filips kompaniyasi uskunalari bilan jihozlangach, yoritish tizimidagi kamchiliklar bartaraf etilgandi. Yangi mavsum arafasida shunchaki ularning nastroykasi qayta ko'zdan kechirib chiqilmoqda. Transformatorimizning elektr muruvvatlari kuchlilariga o'zgartirildi. Translyaciya jarayoni uchun ijodiy xodimlarga bu yil qo'shimcha qulayliklar yaratildi. Jumladan, tasvirchilar turadigan maydon (ploshhadka) yangilandi. Tasvirchilarning turli ob havo sharoitlarida uzluksiz ish olib borishlarini taminlash uchun ploshhadkaga maxsus tom barpo etildi. Futbolchilarning kiyinish, yuvinish xonalari, nazoratchi, komissar, hakamlar xonalari mavsum o'yinlariga allaqachon shay. Biz sabrsizlik bilan chempionatning boshlanishini kutayapman. Fursatdan foydalanib, barcha ishqibozlarimizni stadionlarga chorlab qolaman. Keling, jamoamizni qo'llab- quvvatlang, bizning o'n ikkinchi o'yinchimizga aylaning.

-    Suhbatimiz yakunida OAV vakillariga ham tilaklaringiz bo'lsa...
-    Jurnalistlarni hurmat qilaman. Ular bor, matbuot bor kamchiliklarimizdan voqif bo'lib turamiz. Men har qanday tanqidni eshitishga, taklifni o'rganishga tayyorman. Faqat bitta maqsad – futbolimizni rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, yosh, barkamol avlodni tarbiyalash yo'lida birlashaylik. Zero kelajak yoshlarimiz qo'lida, ular mamlakatimiz dovrug'ini olamga yoyishadi. Yurtimiz shon-shavkatini ko'tarishadi. SHu yo'lda kamarbasta barcha insonlarga omad va ulkan zafarlar tilayman.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика