Shevchenko: “Eng muhimi - pley-offdan o'tib, JCH–2026 yo'llanmasiga ega chiqish”
06 dek 2025 09:25
Yangiliklar
Shevchenko: “Eng muhimi - pley-offdan o'tib, JCH–2026 yo'llanmasiga ega chiqish”
"Biz uchun eng asosiy kutilma — pley-off orqali jahon chempionatiga chiqish. Shu bois birinchi navbatda aynan shu o'yinlarga puxta tayyorgarlik ko'rish kerak. Guruh masalasiga kelsak, raqiblar kuchli ekanligi ayon, ammo bosh maqsad — avvalo, jahon chempionatiga yo'l olish", — dedi Shevchenko “Suspilne Sport”ga bergan intervyusida.
— Demak, ehtimoliy raqiblar ro'yxati hozircha siz uchun ahamiyatli emas?
— Hozir buning katta ahamiyati yo'q. Avvalo, yo'llanmani qo'lga kiritishimiz shart. Shundan keyin guruhni tahlil qila boshlaymiz. U erda yaxshi jamoalar to'plangan, bugun hamma futbol o'ynaydi. Lekin yana takrorlayman: eng muhim vazifa — Jahon chempionatiga chiqish.
5 dekabr kuni Vashington shahrida JCH–2026ning final bosqichi uchun qura tashlandi. Ukraina terma jamoasi pley-off orqali saralashdan o'tish imkoniyatini saqlab turibdi.
26 mart kuni Sergey Rebrov shogirdlari Shveciyaga qarshi o'ynaydi. Bu juftlik g'olibi Polsha — Albaniya bahsida zafar qozongan jamoa bilan finalda to'qnash keladi. Pley-off g'olibi Jahon chempionatiga yo'llanma oladi.
Agar Ukraina saralashdan o'ta olsa, ehtimoliy guruhda Niderlandiya, Yaponiya va Tunisga qarshi to'qnash kelishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar