Andrey Mikyalev: "Hisob 3:0 bo'lganida yaxshi bo'lardi..."
02 avg 2017 22:25
Yangiliklar
Andrey Mikyalev: "Hisob 3:0 bo'lganida yaxshi bo'lardi..."
"CHiroyli kubok o'yini guvohi bo'ldik. "Nasaf" doim hujumkor o'ynaydi, ular himoyaviy o'ynashmaydi. Hisob 3:0 bo'lganida yaxshi bo'lardi, ammo "Nasaf"ga ham qoyil, oxirigacha kurashdi. Bugungi g'alabani yakshanba kuni nishonlanadigan "temiryo'lchilar kuni"ga bag'ishlaymiz.
Bugungi o'yindan qoniqdik. Tarkibda o'zgarishlar bo'ldi, o'tgan bahsdagi charchoqdan chiqib ketish uchun bu ish qilindi.
Bunday issiqda futbol o'ynash oson emas. Miya charchaydi, shu bois xatolar ko'p bo'ladi.
Yarim final javob bahsi qachon bo'lishini bilmaslik juda yomon. Ammo nimayam qilardik kutamiz.
"Neftchi"dan ijaradan olingan Murod Bobojonov jamoada qolishni istadi chempion bo'lishni va kubokni qo'lga kiritishni xohladi. Rahbariyat bilan uchrashdi va yil oxirigacha bizda qoldi.
Yangi nigeriyalik hujumchi bilan shartnoma tuzdik. Umid qilamizki u yig'inlarda o'zi ko'rsatgan harakatlarni o'yinlarda ham namoyish eta oladi.
Azizbek Omonov boshqa jamoaga ijaraga berilmaydi. Bizda raqobat bo'lgani yaxshi. Omonov o'zimiza ham kerak", - deydi Andrey Mikyalev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar