Andrey Miklyaev: "Paxtakor"ni chempionlik bilan tabriklayman"
04 noy 2015 17:27
Yangiliklar
Andrey Miklyaev: "Paxtakor"ni chempionlik bilan tabriklayman"
"Lokomotiv" - "Mashal" (1:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev qatnashdi.
"Bugun g'alaba qozonganimiz xursand qiladi. O'yin ruhiy jihatdan og'ir o'tdi. Oddiy holatlarda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Bugun u qadar yaxshi o'ynay olmadik. Bizda vaziyatlar juda ko'p bo'ldi. "Mashal"ga qarshi bahs og'ir o'tishini bilardik, ular himoyada o'ynashdi. Temurxo'ja Abduxoliqov hech qaerga ketgani yo'q. Uning jamoa bilan shartnomasi bor, hozircha u biz bilan birga. Ayni paytda Bikmaevning jismoniy holati yaxshiroq bo'lgani uchun Maratni maydonga tushirayapmiz. "Paxtakor"ni chempionlik bilan tabrilayman. Sababi ular menimcha so'nggi turda "Andijon"ni mag'lub etishsa kerak", - deydi Miklyaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar