Andrey Miklyaev: “Neftchi” katta ishtiyoq bilan o'ynadi”
03 noy 2017 21:47
Yangiliklar
Andrey Miklyaev: “Neftchi” katta ishtiyoq bilan o'ynadi”
– Uchrashuv jangovor ruhda kechdi. “Neftchi” jamoasi xar bir o'yinda jiddiy kurashayotganiga guvohi bo'lyapman. Bugun “Neftchi” muxlislari o'z futbolchilarini qo'llab-quvvatlashi natijasida “Loko” o'z o'yinini to'liq namoyish eta olmadi. Ikkinchi bo'limda yaxshi futbol ko'rsatishimizga qaramay, vaziyatlarni golga aylantira olmadik.
“Neftchi” jamoasi bugun katta ishtiyoq bilan o'ynadi. Farg'onaliklardan bunday o'yin kutmagandim. Balki mana shunday o'yin mavsum boshida ko'rsatilganda, holatlari ancha yaxshi bo'lar edi deb o'ylayman.
O'FFning yangi qarori ? Ha bunday o'zgarish bo'lishi haqida mavsum avvalida klublar ogohlantirilishi kerak edi. Quyi pog'onalardagi jamoalarning vaziyatini to'g'ri tushunib turibman. SHu sabab, bu mavzuda to'liq fikr bildirishim qiyin, – dedi “Lokomotiv” ustozi.
“Neftchi” matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar