So’nggi yangiliklar

16:47"Арсенал" кутилмаганда Хавертц ўрнига футболчи излашни бошлади  0 16:45Тимур Кападзенинг боши нега оғримоқда?  0 16:20Акинфеевга замонавий спорт журналистикаси ёқмаяпти  0 15:42"Барселона" Ла Лиганинг 1-турида энг ёш таркибни майдонга туширди. Иккинчи ўринда...  2 15:39"Насаф" ҳимоячиси "Шўртан"га қарши ўйинда майдондан четлатилиши лозим эди. Суперлиганинг 19-турида ҳакамлик таҳлили  0 15:10Opta суперкомпьютери: Бундеслигада сенсация бўлмайди  0 14:46Месси яна терма жамоага чақирилди, Файзуллаев энди ўйнай олади, Роналду финалга чиқди - 19 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада  0 14:29Қирғиз Республикаси терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  2 14:16Лутфулла Тўраев "Бунёдкор"га қайтди  5 13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   3 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  1 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  17 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  26 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  6

Andrey Miklyaev: "Hujum qilmay g'alaba qozonib bo'lmaydi" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Hujum qilmay g'alaba qozonib bo'lmaydi"

OCHL-2017 ilk turidan o'rin olgan "Al Taavon" - "Lokomotiv" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Andrey Miklyaev qatnashdi.
"Al Taavon" klubini OCHLdagi ilk g'alabasi bilan tabriklayman. Bugun biz o'zimizning yaxshi tomonlarimizni ko'rsata olmadik. Hujumlar qila olmadik, zarba bermay, hujum qilmay yutib bo'lmaydi.

Standart vaziyatdagi xatodan so'ng gol o'tkazib yubordik. Bunday muxlislar qarshisida javob golini ura olmadik. Qisqasi bugun agressiv harakat qila olmadik.

- "Al Taavon" klubi haqida nima deya olasiz?

- Bugun raqibimizda istak juda kuchli edi. Muxlislar qo'llab-quvvatlashi tufayli ham haqli g'alabaga erishishdi. Hali kurash oldinda ekanligini aytishim mumkin. Biz oxirigacha kurashamiz. Keyingi bosqichga chiqishga urinamiz.

- "Lokomotiv" nima uchun faqat uzun paslar orqali o'ynadi, o'tgan yilgi jamoa boshqacha edi...

- O'yinimizga kelsak, agar bilsangiz jamoani uch nafar asosiy futbolchilar tark etishdi. Tarkibimizga kelgan yangi yoshlar hozircha jamoaga qo'shilib keta olishmadi. Hujumda muammolarimiz bor. Temurxo'ja Abduxoliqov Qatar klubiga o'tdi. Uning o'rnini bosa oladigan futbolchi topilmayapti.

- Safarda 0:1 hisobida yutqazdinglar bu normal holatmi?
- Albatta, OCHLda kuchsiz jamoalar yo'q. Safarda kichik hisobda yutqazganimiz normal holat, xulosalar chiqarib keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz.


"Lokomotiv" matbuot xizmati
Reyting: -39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика