So’nggi yangiliklar

15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  1 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  4 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  6 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  18 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  3

Andrey Miklyaev: "Gevorkyanni maydonga tushirmaslik bu murabbiylar shtabining qarori" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Gevorkyanni maydonga tushirmaslik bu murabbiylar shtabining qarori"

"Lokomotiv" - "Nasaf" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Miklyaev o'z fikrlarini bildirdi.

- Men natijadan xursand ekanligimni ayta olaman. O'yinni yaxshi kayfiyatda boshlagandik. Ammo xatolarimiz tufayli raqib muvozanatni tikladi. Lekin jamoamiz xarakter ko'rsatib g'alabani o'z tomoniga og'dirib olganidan mamnunmiz. Qiyin bahsda muhim g'alabani qo'lga kiritdik.

Artur Gevorkyanni maydonga tushirmaslik bu murabbiylar shtabining qarori. Bizning oldimizda tanlov bor edi va biz Maratni maydonga tushirishni maqul topdik. Gevorkyan asosiy tarkib futbolchisi sanaladi.

"Buxoro" bilan o'yindan so'ng tarkibda bir qator o'zgarishlar amalga oshgani rost. Jamoa raqobat mavjud va ko'plab futbolchilar uzun mavsumni o'tkazmoqda. SHu bois boshqa futbolchilarga ham imkoniyat taqdim etamiz. Keyin kim asosiy tarkibga kirmoqchi bo'lsa buning uchun kurashishi lozim. Kim loyiq va tayyor bo'lsa o'sha futbolchi boshlang'ich tarkibda tushadi.

O'zbekistondagi uchta eng kuchli darvozabonlar?
Meni ro'yxatimdagi uchtalikka Nesterov, Zuhurov va Suyunov joy olgan. Menimcha, aynan shu uchala kiperlar hozirgi kunda O'zbekistondagi eng zo'rlari.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика