So’nggi yangiliklar

22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  6 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  9 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  3 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5

Andrey Miklyaev: "Eronliklar futbolni juda yaxshi ko'rishadi, ularda kuchli futbolchilar ko'p" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Eronliklar futbolni juda yaxshi ko'rishadi, ularda kuchli futbolchilar ko'p"

"Istiqlol" - "Lokomotiv" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev va jamoa himoyachisi Bobur Yo'ldoshev ishtirok etishdi.
Andrey Miklyaev savollarga javob qaytarar ekan, quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Ertaga har ikkala jamoani qiziq o'yin kutib turibdi deb o'ylayman. Hozir guruhdagi vaziyat shundayki, barcha to'rttala jamoada ham uch ochkodan bor, bu esa kurashni yanada qizdiradi. Guruhdan chiqish uchun nafaqat uyda, balki safarda ham ochko olish kerak bo'ladi. SHu bois ertangi o'yindan ochko bilan qaytishga harakat qilamiz".

Andrey Miklyaev: "Biz Eronda birinchi bor to'p surayotganimiz yo'q. O'tgan yil bu erda "Sepaxon", undan oldin esa "Fulad"ga qarshi bahs olib borganmiz. Eronliklar futbolni juda yaxshi ko'rishadi, ularda kuchli futbolchilar ko'p. O'z navbatida biz ham ulardan qolishmaymiz va buni ertaga isbotlashga harakat qilamiz".

Andrey Miklyaev: "Istiqlol"ning OCHLdagi o'yinlarini ko'rdik, raqib haqida yaxshi tasavvurga egamiz. Futbolchilari jismoniy jihatdan baquvvat va taktik tomonlama ham yaxshi shakllangan.

Bobur Yo'ldoshev: "Uchrashuv qiyin bo'lishini his qilib turibmiz. Qolaversa, "Ozodi" stadioniga ko'plab muxlislar kelishi kutilyapti. shunga qaramay, o'z o'yinimizni namoyish etgan holda g'alaba qozonishga harakat qilamiz".
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика