So’nggi yangiliklar

19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  0 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0

Andrey Miklyaev: Azizbek Amonov “yulduzlik kasali”ga chalinmasligiga umid qilaman Yangiliklar

Andrey Miklyaev: Azizbek Amonov “yulduzlik kasali”ga chalinmasligiga umid qilaman

Bugun “Lokomotiv” Oliy Liga-2017 birinchi davrasidagi so'nggi uchrashuvini o'tkazdi. Murosasiz ko'rinish olgan bellashuvda “temiryo'lchilar” “Metallurg” futbolchilarini 3:1 hisobida mag'lub etishdi.

Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida “Loko” ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

- Uchrashuv ancha keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Raqib ham aslo bo'sh kelmaslikka urindi. “Metallurg” so'nggi paytlarda mag'lubiyatga uchramasdan kelayotgan edi. Lekin biz ushbu jamoani mag'lub eta oldik.

O'yin oson kechgani yo'q. Ayniqsa, jamoamizda jarohat olganlar soni ko'p ekani ham bizga yanada qiyinchilik tug'dirdi. Lekin bugun maydonga chiqqan yigitlar yo'q o'yinchilarning o'rnini bilintirmaslikka urinishdi.

Bugun yosh futbolchi – Azizbek Amonov o'zidan yomon taassurot qoldirmadi. U debyut golini kiritishga muvaffaq bo'ldi. Agar u o'z ustida ishlashdan to'xtamasa, undan yaxshi saviyadagi futbolchi chiqadi. Umid qilamanki, u “yulduzlik kasali”ga uchramaydi.

Umuman olganda, birinchi davrani yomon o'tkazmadik. Biroq bazi uchrashuvlarda kutilmaganda kerakli ochkolarni boy berib qo'ydik. Endi ikkinchi davraga hozirlik ko'rishni boshlaymiz. Tarkibda o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Nore Krizo biz kutgandek o'yin namoyish eta olmadi. U bilan xayrlashadigan bo'ldik, - deydi tajribali mutaxassis.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика