So’nggi yangiliklar

22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   19 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  4 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  0 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  5 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  23 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  3 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  1 15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  22 15:20Расман: "Пахтакор" португалиялик бош мураббий ва унинг ассистентлари ҳамда бразилиялик легионер билан хайрлашди  14

Andrey Kanchelskis: "Navbahor" qolgan 7ta o'yinda 21 ochko olmoqchi" Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: "Navbahor" qolgan 7ta o'yinda 21 ochko olmoqchi"

Coca Cola Superligasining 19-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Andrey Kanchelskis o'z fikrlarini bildirdi.

"Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman, menimcha chempionlik bilan ham tabriklasak bo'laveradi. Albatta bugun ular g'alaba qozonishlarini xohlamagandik. Ammo alamli mag'lubiyatga uchradik. Birinchi davrada Toshkentda o'ynagan tarkibdan 5 nafari bugun o'ynay olmadi, bir futbolchini almashtirsa bo'ladi, ammo 5 nafar bu juda ko'p. SHunga qaramay yigitlarga rahmat aytaman, ular maydonda borlarini berishdi. "Paxtakor"dek zaxira o'rindig'i bizda yo'q.

Biz tushib qolgan vaziyatdan chiqib ketish uchun harakat qilamiz. Bugungi kunda tarkibimizdagi bir qator futbolchilar ham jismonan ham, ruhan tayyor emaslar.

Obid Jo'raboevda jarohat, Abbos G'ulomov uzoq muddatga safdan chiqqan, Azim Ahmedovda ham kichik jarohat bor edi. Muxlislar bugun "zamena, zamena" deb baqirishdi, ammo kimni maydonga tushirishim kerak edi?



"Navbahor"dan ketganimdan keyin ko'plab takliflar bo'ldi, ular qatorida O'zbekistondan ham taklif bor edi. Viloyat hokimi "Navbahor" uchun qayg'uradi. Eski ginalarni unutish va ishlash kerak.

Yil so'nggida "Navbahor"ning ko'plab futbolchilari bilan xayrlashamiz. Oldingi murabbiyning o'z qarashlari bor, mening o'z qarashlarim bor.

Oldinda 7ta o'yin bor, yigitlar bilan gaplashib oldik va o'z oldimizga bu o'yinlarda jami 21 ochko olishni maqsad qilib qo'ydik.

Bugun hakamlar tomonidan yo'l qo'yilgan juda qo'pol xatolarni ko'rganim yo'q. Masalan, "Andijon" bilan bahsdagi hakamlik juda yomon bo'lgandi. Bugun esa unday bo'lmadi va hakamga etirozim yo'q", - deydi Andrey Kanchelskis.


Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика