Andrey Kanchelskis: "Ancha yaxshi bo'lib qoldim"
29 sen 2020 23:28
Yangiliklar


Andrey Kanchelskis: "Ancha yaxshi bo'lib qoldim"
"Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis koronavirusdan keyingi holati haqida gapirdi.
"Ancha yaxshi bo'lib qoldim. O'zimni yaxshi his qilyapman, nafas olish mashqlarini bajarib turibman. Har kuni borishga o'rganib qolgan basseyn va sauna uchun taqiq bor, shu sababli bunga o'rgana olmayapman. Har kuni dorilarni ichib turibman. Taxminan 2 haftalardan keyin menga jismoniy yuklamalarga ruxsat berilsa kerak", - dedi murabbiy.
Kanchelskis sentyabr oyida koronavirusna yuqtirib olgandi. "Navbahor"ning "Nasaf"ga qarshi o'yinida koronavirusdan tuzalganidan keyin ilk marta ko'rinish berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar