So’nggi yangiliklar

22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   19 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  3 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  8 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4 18:228 футболчи шу ёзда "Ювентус"ни тарк этиши мумкин  0 17:58"Барса" ўйинчиси Роке яна "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 17:23Симонс яна бир мавсумни ижара асосида "Лейпциг"да ўтказади. У бир неча кундан сўнг тиббий кўрикдан ўтади  3 16:58Флик Кантенинг "Барса"га ўтишини блоклаб қўйди. Мураббий ёш ўйинчиларни афзал кўради  15 16:28Моуринью Гюндоганни "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  2 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  2 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  6

Andrey Fyodorov: "Omadimiz keldi va safardan g'alaba bilan qaytayapmiz" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Omadimiz keldi va safardan g'alaba bilan qaytayapmiz"

Dinamo - Neftchi (0:1) uchrashuvidan so'ng Neftchi jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Andrey Fedorov o'yin haqida to'xtaldi.

Kutganimizdek, juda og'ir uchrashuv bo'ldi. Dinamo turnir jadvalida pastki o'rinlarda ekanligi uchun faqat g'alabani ko'zlashini bilardik. SHu bois, qarshi hujumga etibor berdik. Ochig'ini aytaman, omadimiz keldi va safardan g'alaba bilan qaytayapmiz - deya gap boshladi mehmonlar murabbiyi. O'yin davomida yakka kurashlar ko'p bo'ldi. Jamoam ko'rsatgan o'yindan qoniqmadim, ammo natija xursand qildi. Bugun omad biz tomonda bo'ldi.

Ketma-ket g'alabadan keyin to'rtinchi o'rin uchun kurashamiz, ammo hali Osiyo maydonlarida to'p surish haqida o'ylashga juda erta. Asosiysi har bir o'yinda tushib, g'alaba qozonish. Bugun ko'rdikki, Oliy Ligada etakchilarni aytmaganda, qolgan jamoalarning o'yin saviyasi bir xil. Penalti haqida gapiradigan bo'lsam, o'sha vaziyatda nima bo'lganligini ko'rolmay qoldim. SHu bois bu haqda aniq fikr aytishim qiyin.

Ochig'ini aytsam, Dinamo jamoasi shunday o'yini va tarkibi bilan turnir jadvalining pastki o'rinlarida ekanligiga hayronman. Dinamo menda juda yaxshi taassurot qoldirdi - deya fikrini yakunladi Fyodorov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика