So’nggi yangiliklar

16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  0 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  5 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  3 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  1 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  7 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  11 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3 12:54"Алавес" "Барселона" тарбияланувчиси трансферини эълон қилди  3 12:25"Шўртан" 7 нафар футболчиси билан шартномани бекор қилди  2 11:57"Эвертон" мухлисларини АҚШдаги эксклюзив очиқ машғулотга таклиф қилди  0 11:22Сегунда клуби 6 ойда 20 000 томошабинга мўлжалланган вақтинчалик стадион қурди  9 10:53Англия терма жамоаси аъзоси "Арсенал"га ўтмоқда  4 10:20Россиянинг олти карра чемпиони фаолиятини юртимизда давом эттириши мумкин  32

Andrey Fyodorov: "Lokomotiv"ga qarshi ko'plab jamoalar himoyaviy o'yin ko'rsatmoqda" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Lokomotiv"ga qarshi ko'plab jamoalar himoyaviy o'yin ko'rsatmoqda"

Superliganing 27-turi doirasida "Navbahor" jamoasi mag'lub etilganidan keyin "Lokomotiv" jamoasi bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Birinchidan, yigitlarga alohida rahmat aytaman. Ular biz kutgandek qarshilik qilishdi. Ko'plab jamoalar "Lokomotiv"ga qarshi shunday o'yin ko'rsatmoqda. Biz jismoniy jihatdan va ruhiy tomondan ham anchagina kuch sarfladik. Futbolchilar biz uchun kerakli ishlarni qila olishdi. Garchi raqiblar qattiq qarshilik qilishgan bo'lsa-da, biz gol ura oldik. SHundan keyin "Navbahor"ning o'yini ochilib ketdi. Ular gol urishlari ham gol o'tkazib yuborishlari ham mumkin edi. 

- Oldingiga qaraganda bugun "Navbahor" himoyaviyroq o'yin ko'rsatdi. Boshlanishidan raqiblar himoyalanishini bilgandik, ammo bunchalik darajada bo'lishini kutmagandik. SHuning uchun ham taktikani o'zgartirib, havodan beriladigan paslarga o'tdik. Biroq raqiblar bunday paslarning barchasini bartaraf etdi. O'tgan o'yinda birinchi bo'limda gol urganimiz uchun o'yin osonroq bo'lgandi. Bugun esa gol urish juda ham qiyin bo'ldi.

SHaxboz Beg'amov savoli: - "Paxtakor"ga qarshi Kubok o'yinida ham, Olimpiya termamizga qarshi uchrashuvda ham besh kishilik himoya bilan jamoani o'ynatdingiz. Uch kun oldin esa "Paxtakor" bilan o'tgan chempion doirasidagi uchrashuvda to'rt himoyachini maydonga tushirib, g'alaba qozondingiz. G'alabali seriyangiz tufayli taktikani o'zgartirasizmi yoki 5 kishilik himoyada qolasizmi?
Siz raqiblarimiz ayg'oqchisimisiz? Biz 5 kishilik himoyachi bilan o'ynash uchun tayyorlanganimizni qaerdan bildingiz? Sizga bunday malumotni kim berdi? (kuladi). Bizning olimpiya termamizga qarshi o'yinni kuzatgan bo'lsangiz, ko'rgandirsiz. Biz 12 kishi bilan o'ynadik. Men qo'l ostimda mashg'ulotlarda qatnashgan futbolchilarning xizmatidan foydalandim. Ammo o'sha kuni ko'pchilik yoshlarning o'yini biroz o'xshamadi. Ammo 12 kishi bilan olimpiya termasiga qarshi o'yinda qatnashdik. Biz raqiblarning va futbolchilarning holatiga qaraymiz. "Lokomotiv" besh himoyachi bilan ham to'rt himoyachi bilan ham o'yin ko'rsatishi mumkin. Biz har kuni o'yinga 5 himoyachi bilan tayyorlansak-u, biroq o'yin kuni ular jarohat olib qolsa, rejalar o'zgarib ketadi. 

Marat Bikmaev: - Murabbiyning gaplariga qo'shilaman. Uch kun ichida ikkita o'yinda qatnashish og'ir bo'ldi. Vazifa og'ir edi. Biz o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qildik. Gol urdik va g'alabaga loyiq ekanligimizni ko'rsatdik.

Barcha jamoalar bizga qarshi himoyaviy o'yin ko'rsatmoqda. Agarda raqiblarimiz hujumkor o'yin ko'rsatganida, ularning himoyasida kattaroq bo'sh hududlar bo'lardi. SHu orqali biz ham ko'proq xavfli vaziyatlar yarata olgan bo'lardik.

Termada gol urdim. Ha, gol urish yaxshi. Hujumchi gol urishi kerak. Agarda u bir o'yinda darvozani ishg'ol qilsa, keyingi o'yinda o'ziga ishonch bilan maydonga chiqadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика