Andrey Fyodorov: "Babayan bilan o'zaro suhbatni keyinroqqa qoldirdik"
03 mar 2019 12:37
Yangiliklar
Andrey Fyodorov: "Babayan bilan o'zaro suhbatni keyinroqqa qoldirdik"
"Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov Samvel Babayan haqida o'z fikrlarini bildirdi.
- Hozir "Lokomotiv" trendda, sababi klubda Samvel Babayan ish boshladi. U bilan gaplashib oldingizmi?
- Yo'q hali Babayan bilan bafurja gaplashib olganimiz yo'q. U bilan ko'rishdik, ammo o'zaro suhbatni keyinroqqa qoldirdik. CHunki oldimizda OCHL doirasidagi ikkita va Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" bilan o'yin bor. Hozir barcha etiborimiz shu o'yinlarga qaratilgan.
- Babayan "Lokomotiv"ga yordam bera oladi deb o'ylaysizmi?
- Buni vaqt ko'rsatadi. To'g'ri uning tajribasi katta. Ammo hozircha uning rejalarini bilmayman.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar