So’nggi yangiliklar

14:22"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?  4 13:52"Реал" январда нега ҳеч ким билан шартнома тузмагани маълум бўлди  1 13:24Бир неча юлдуз футболчи Дубайда пайдо бўлиши мумкин  2 12:57Икарди тарихий ютуққа эришди  0 12:30"Барселона" Рэшфорднинг келажаги бўйича унинг вакиллари билан алоқага чиқди  1 11:58Мюнхен фожиасига 68 йил тўлди  0 11:29Фарғонада замонавий талаблар асосида футбол академиялари барпо этилмоқда  4 10:51Фабио Каннаваро: "Ҳар бир футболчи ўзини миллий терма жамоанинг бир қисми бўлишини ҳис қилиши зарур"  7 10:20САфарда. "Нефтчи" Қирғизистон чемпионини мағлуб этган ўйинга бордик. Сайфиев ва Тўраев нималар деди?  0 09:59"Насаф"да қишки "перезагрузка": Бердиев жамоаси янги мавсумга қай даражада тайёр?   8 09:05Легионерларимиз. Шерзод Темиров Ироқ чемпионатидаги 13-голини урди, жамоаси ғалаба қозонди  1 08:35Футзал. Осиё Кубогида сенсация: Индонезия Японияни енгиб, финалга йўл олди  6 08:09"Металлург" - "Локомотив" U-21 учрашуви манзили ўзгарди  1 07:43Сияваш Ҳақназарий ОКМКга қайтди  2 03:04Испания Кубоги. 5:0 ва "Атлетико" ярим финалда!  10

Andrey Arshavin: Mendan yomon murabbiy chiqadi Yangiliklar

Andrey Arshavin: Mendan yomon murabbiy chiqadi

Rossiya terma jamoasi bilan Evro-2008da bronza medalini qo'lga kiritgan Andrey Arshavin ayni payt qozog'istonning Qayrat jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Yaqinda u Moskvaga tashrif buyurdi va Nike K11 jamoasi uchun master klass uyushtirdi. SHu bilan birga, Zenit va Arsenalning sobiq futbolchisi Ros-siyaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan yosh futbolchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

- Yulduzlik kasali bilan qanday kurashasiz?


- Juda oson. CHunki menda yulduzlik kasali - tug'ma.

- Bu bilan nimani nazarda tut­yapsiz?

- O'ylashimcha, butun hayotim davomida o'zgarmadim. SHu bois ham yulduzlik kasali tug'ilganimdan beri bor, deyishim mumkin.

- Arsenal joriy mavsumda Angliya chempioni bo'la oladimi?


- Bu yil yo'q. Menimcha, Manchester Siti chempion bo'ladi.

- Siz birga o'ynagan eng kuchli futbolchi kim?


- Sesk Fabregas.

- Qarshi o'ynagan-chi?


- Messi.

- Barselonaga qarshi o'ynash qanaqa?


- Faqat to'pni olib qo'yish haqida o'ylaysiz.

- Angliya hayotiga moslashib ketishingiz qiyin bo'lmaganmi?


- Bu borada ingliz do'stlarim yordam berishgan. Arsenalda esa ko'proq Per Mertezaker, Lukash Podolski va Tomash Rosickilar bilan muloqot qilardim.

- Nima uchun Rossiya terma jamoasi 2008 yildan buyon o'zining yorqin o'yinlarini namoyish qila olmayapti?

- Yaxshisi, gapirmaganim maqul.

SHundan so'ng Arshavin bolalar bilan maydonga yo'l oldi va birga suratga tushdi. Keyin esa jurnalistlarning savollariga javob berdi.

- Qayrat Rossiya chempionatida qaysi o'rinda bo'lardi?

- Aytgancha, qozog'istonlik futbolchilar ham bu borada ko'p so'rashadi. Menimcha, ikkinchi sakkizlikda bo'lardi.

- Rossiya chempionatiga qaytish istagi bormi?


- Menimcha, poezdim ketib bo'ldi. Men istagan jamoaga olishmaydi. Meni olishi mumkin bo'lgan jamoaga esa bormayman.

- 2017, 2018 yillarda terma jamoa nimalarga erishishi mumkin? Taklif olishga umid qilyapsizmi?


- Bu poezd oldingi bekatdayoq ketib bo'lgan. Terma jamoani ikkita turnirda tomosha qilish qiziqarli bo'lsa kerak. Lekin qanday ishtirok etishi haqida esa hozircha bir nima deb bo'lmaydi.

- Pavlyuchenko Uralda gol uryapti...


- Uralga endi bormayman. Pavlyuchenkoning mahorati bor va jamoaga yordam berishi mumkin. Unda ikkita vaziyat bo'ldi. Har ikkisida ham to'p darvoza to'ridan joy oldi. To'g'ri, bittasini inobatga olishmadi. Jonatasda esa uch-to'rtta vaziyat bo'ldi va u darvozadan yuqoriga tepib yubordi.

- Bu Rossiya chempionatidagi legionerlar saviyasiga shamami?


- Bu menejmentga borib taqaladi. Umuman olganda, Rubindagi oltinchi raqamli futbolchi (Serxio Sanches)­ni ko'rib hayron qolaman. Jamoaning nechta o'yinini ko'rgan bo'lsam, biror marta ham na yuqoridagi, na pastdagi kurashlarda ustun keldi. Birinchi pas bordir deb o'ylagandim. U ham yo'q ekan. Agar aytaylik, Burlak o'ynaganida undan yomon harakat qilmasdi va o'n baravar arzon bo'lardi.

- Siz hali kuchingiz borligi uchun o'ynayapsizmi yoki pul kerakligi uchunmi?


- Unisi ham, bunisi ham. Lekin sizlar meni ko'p ishlab topadi deb o'ylaysizlar. Agar qanchaligini bilmoqchi bo'lsangiz, sobiq xotinimdan so'rang va u aytgan summani ikkiga ko'paytiring.

- Sizga Zenitning yangi stadio­ni oldida yodgorlik qo'yishlari mumkinligi haqidagi xabarlarga qanday izoh berasiz?


- Bizning mamlakatda faqat o'lganlarga yodgorlik qo'yishadi.

- Siz unga haqlimisiz?

- Bilmasam. O'zimga o'zim baho berolmayman.

- Xayrlashuv uchrashuvi haqida o'yladingizmi?


- Menda xayrlashuv uchrashuvi bo'lmaydi. Nima uchunligini bilmayma-nu, lekin bo'lmaydi.

- Qozog'iston moliyaviy tarafdan Xitoyga qanchalik yaqin?


- Uzoq. U erda ham Rossiyadagi singari inqiroz hukmron.

- CHin yurtida o'ynashni istarmidingiz?

- Xitoydan bir necha bor taklif bilan chiqishgan. Lekin rad javobini berganman. Umuman olganda, bu mamlakat men uchun emas. U erga hech qachon bormayman.

- Zenit menejmentida ishlash istagi qolganmi?

- Ha.

- Murabbiy bo'lishni istarmidingiz?


- Mendan yomon murabbiy chiqadi.

- Nima uchun?


- CHunki...



Intervyuning to'liq qismini "InterFutbol" saytida o'qish mumkin.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика