Andrey Fyodorov: “Neftchi”ga yordam berish maqsadida keldim”
15 may 2014 10:05
Yangiliklar
Andrey Fyodorov: “Neftchi”ga yordam berish maqsadida keldim”
“Olmaliq”qa qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rayotgan “Neftchi” futbolchilariga 13 may kungi mashg'ulotda Fyodorov rasman tanishtirildi. SHu kuni Andrey Vitalevich ilk bor "Neftchi" murabbiyi sifatida "Futbol Ekspress" gazetasiga intervyu berdi.
Bundan ikki kun avval “Neftchi” murabbiylar shtabida jamoaning yana bir sobiq futbolchisi Andrey Fyodorov ish boshladi. Albatta bu ko'pchilik uchun kutilmagan yangilik bo'ldi. CHunki uzoq yillardan buyon Rossiyada faoliyat ko'rsatib, istiqomat qilib kelayotgan Fyodorovni O'zbekistonga qaytishini hech kim hayoliga keltirmagan bo'lsa kerak. Fyodorov bosh murabbiy Murod Ismoilovga yaqin maslahatchi murabbiy sifatida yordam beradi. “Olmaliq”qa qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rayotgan “Neftchi” futbolchilariga 13 may kungi mashg'ulotda Fyodorov rasman tanishtirildi. SHu kuni Andrey Vitalevich ilk bor "Neftchi" murabbiyi sifatida "Futbol Ekspress" gazetasiga intervyu berdi.
- Andrey Vitalevich, avvalo Farg'onaga xush kelibsiz!
- Rahmat.
- O'tgan uzoq yillardan so'ng yana o'zingiz uchun qadrdon bo'lgan klubdasiz. Ko'plab muxlislar sizni Farg'onada ishlashingizni tasavvur ham qilishmagandi. “Neftchi”ga qaytish varianti qanday paydo bo'ldi?
- Albatta, bu taklif men uchun ham kutilmaganda ro'y berdi. Ammo bundan bir yarim oy oldin Moskvaga O'zbekistondan jurnalistlar kelib, men bilan suhbatlashishganda va shunda bu haqda gap ketgandi ("SA" xodimlari Faxriddin Isamuhamedov va Nodirxo'ja Yuldashev Moskva safarida Fyodorov xonadoniga tashrif buyurgan edilar, muallif). “Neftchi”ning sobiq futbolchisi bo'lganim bois Farg'onaga kelib ishlash meni burchim ekanligini ular aytishgandi. To'g'ri, “Neftchi” men uchun begona jamoa emas. Lekin baribir Moskvadan kelib ishlashim mushkul edi. Yaqinda Farg'onadan Moskvaga tanishlarim mehmon bo'lib kelishdi va ular bu erda rahbariyat meni ishga taklif etish borasida gap-so'zlar bo'layotganini aytishdi. “Neftchi”ga kerak bo'lganim bois jamoaga yordam berish maqsadida Farg'onaga keldim. Men uchun qadrdon bo'lgan “Neftchi”ning bugungi holatiga befarq qaray olmadim. Qolaversa, men shu erda tug'ilganman va “Neftchi”da futbolchi sifatida shakllanganman. Garchi uzoqda yashagan bo'lsam ham jamoamning chempionatdagi ishtirokini kuzatib borardim. Albatta,
“Neftchi” oxirgi paytlarda o'ziga o'xshamayotganidan qayg'urardim. Jamoaning avvalgi mavqeini tiklash maqsadida Farg'onaga keldim.
- Ochig'ini ayting, bu taklifni uzoq o'yladingizmi yoki darhol qabul qildingizmi?
- Ikki soat o'yladim (kuladi). Men uchun murabbiylik sohasida oldinga tashlangan qadam bo'ladi. Rahbariyatdan qanday vazifani bajarishimni so'raganimda, “Neftchi”ni avvalgi obro'sini tiklash hamda muxlislarni stadionga qaytarish kerakligini angladim. SHu bois tajribam bilan “Neftchi”ga yordam berishga harakat qilaman.
- Farg'onada oxirgi marta qachon bo'lgandiz? SHahar va klubda o'zgarishlar katta ekanmi?
- Farg'onaga so'nggi bor bundan 10 yil avval kelgandim. Umuman olganda, O'zbekistonga, terma jamoada o'ynayotganimda Toshkentga tez-tez kelib turardim. O'tgan vaqt mobaynida Farg'onada katta o'zgarishlar bo'lgani ko'rinib turibdi. Lekin bu erga kelganimga endi uch kun bo'ldi va hali shaharni to'liq aylanib chiqib ko'zdan kechirishga ulgurmadim. Asosan futbol bazasi va maydonlarni ko'rdim xolos. Albatta, o'zgarishlar katta. Aeroportdan klub qarorgohiga kelyotganimda ko'plab yangi inshoatlarni ko'rdim. Jamoaga akademiya hamda yangi stadion qurilmoqda. Bularni ko'rib xursand bo'ldim. Klub qarorgohi haqida gapiradigan bo'lsam, bu erda u qadar katta o'zgarish yo'q. Biroz qayta tamirlangani bilinib turibdi.
- Uzoq vaqt Rossiyada bo'lganingiz uchun chempionatimiz hamda raqiblar haqida baribir etarlicha tasavvurga ega emassiz. Masalan, siz o'ynagan paytda “Bunyodkor” yoki “Olmaliq” degan jamoalar bo'lmagan. Bu klublarning o'yinlarini ham ko'rmagansiz. Bu borada qiyinchiliklarga duch kelmasmikinsiz?
- To'g'ri, aytindingiz chempionat o'yinlarini ancha paytdan beri ko'rmaganman. Internet yoki oynai jahon orqali kuzatib borayotganimda ham asosan etakchi klublar haqida malumot olardim. Lekin bu menga katta qiyinchilik tug'diradi deb o'ylamayman. CHunki O'zbekistonda tanishlarim ko'p va ular bilan gaplashib kerakli malumotlarni olishim mumkin. Masalan, “Neftchi”da ham men yaxshi bilan insonlar ko'p. Ular jamoa o'yini va hammasini menga tushuntirishmoqda. O'z navbatida men ham futbolchilar bilan yaqindan tanishib ularga maslahatlarimni berishga harakat qilyapman. Bir so'z bilan aytganda,murabbiylar shtabida Sergey Lebedov va Murod Ismoilov kabi ishlar ekanman hech qanday qiyinchilikka duch kelmayman deb o'ylayman.
- “Neftchi” futbolchilari haqida dastlabki fikrlaringiz qanday?
- Bir nechta mashg'ulotlarni ko'rdim. Bundan tashqari jamoa o'yini tushirilgan videodisklarni ham ko'rib chiqyapman. Bu bilan nafaqat men, balki murabbiylar shtabi vaziyatni o'nglash uchun nimalar qilish kerakligi ustida ishlanyapti.
- Farg'onaga jamoa juda qiyin ahvolga tushib qolganda keldingiz. Vaziyatni o'zgartirib “Neftchi”ni yuqori pog'onalarga ko'tarish imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Hozir bu borada gapirish qiyin. Lekin yaqinlashib kelayotgan “Olmaliq”qa qarshi o'yinda muxlislarga dastlabki g'alabani taqdim etish kerak. Ayni paytda buni hamma his qilib turibdi. Bu o'yinga futbolchilarni tayyorlayapmiz va murabbiylar tomonidan nimaki aytilishi kerak bo'lsa hammasini berishga harakat qilyapmiz. Futbolchilar
ham endi ishga boshqacha yondoshgan holda o'ynashlari kerak. Agar birinchi g'alabani qo'lga kiritsak, qolgan uchrashuvlar ham yaxshi o'tadi va shunda jamoa yuqoriga ko'tariladi.
- Futbolchilik paytingizda kuchli himoyachi bo'lganingizni yaxshi bilamiz. Bu borada sizda tajriba katta. SHuning uchun endi “Neftchi”ning himoya chizig'ini
mustahkamlashga katta urg'u berilsa kerak?
- Mashg'ulotlarda shuni ko'ryapmanki, ha himoyada ayrim o'zgarishlarni qilish kerak. Bu borada o'z maslahatlarimni bosh murabbiyga beraman. To'g'ri, jamoani qanday taktikada o'ynashi va nimalarga etibor qaratishni bosh murabbiy yaxshi biladi. Faqat shuni aytishim kerakki, himoya chizig'i bo'sh va buni natijalar ham ko'rsatib turibdi. “Neftchi”ga yordam berish maqsadida kelgan ekanman, bor bilim va tajribamni ishga solaman. Albatta, “Neftchi”ning himoya chizig'i endi boshqacha o'yin ko'rsatadi. To'g'ri, hozir musobaqa jadvali bizni xursand etayotgani yo'q. Biroq o'ylaymanki, yaqin orada hammasi ijobiy ko'rinish oladi.
- “Rubin”dan ketganingizdan so'ng nima ish bilan band edingiz?
- Ikki oycha bekor yurdim xolos. Menimcha, bu katta muddat emas. SHunda ham uyda bekor o'tirganim yo'q. Oddiy muxlis emas futbol odami sifatida o'yinlarni kuzatib bordim va o'zim uchun kerakli narsalarni oldim. Umuman olganda futboldan uzoqda bo'lmadim.
- “Neftchi”dagi yorqin faoliyatingiz Yuriy Sarkisyan murabbiyligi ostida o'tgan. “Neftchi”ga kelganingiz borasida Yuriy Vazgenovich bilan gaplashmadingizmi?
- “Neftchi”dan ketganidan beri Yuriy Vazgenovich bilan hali gaplashganim yo'q. Biroq tez orada ko'rishamiz va suhbatlashamiz. Sarkisyan faoliyatimdagi yaxshi murabbiylarimdan biri bo'lgan hamda unga hurmatim baland.
- Jamoani boshqarayotgan paytda Yuriy Vazgenovich sizni “Neftchi”da ishlashga taklif qilganmidi?
- Futbolchilik faoliyatimni tugatganim zahoti “Rubin”da selekcioner murabbiy bo'lib ishlashni boshladim. SHuning uchun “Neftchi”ga kela olmasdim.
- O'zbekistonda do'stlaringiz va tanishlaringiz juda ko'p. Ular bilan gaplashishga ulgurdingizmi?
- Farg'onaga kelganimni va “Neftchi”da ish boshlaganimni hali ko'pchilikbilmaydi. Internetda “Neftchi”da ish boshlaganim haqida xabar chiqsa, kelganimni eshitishadi. Kelganimni bilgan ayrim tanishlarim qo'ng'iroq qilishdi. SHuningdek, ular meni tabriklab Farg'onaga qaytganimdan xursand bo'lishdi.
- Ilgari “Neftchi” va terma jamoada birga o'ynagan do'stlaringiz Akmal Xolmatov, Viktor Karpenko va Pavel Bugalo hali ham futbolchilik faoliyatlarini davom ettirishmoqda. Bundan xabaringiz bo'lsa kerak?
- Ularni keksayganda ham yaxshi formada va etakchi klublarda to'p surishayotganini eshitish yoqimli albatta. Bu ularni professional ekanligidan dalolatdir. Bu do'stlarimning faoliyatlariga omad tilayman.

Fikrlar