Andrey Baklanov: "Jamoviy o'yin evaziga g'alaba qozondik"
22 apr 2014 10:47
Yangiliklar
Andrey Baklanov: "Jamoviy o'yin evaziga g'alaba qozondik"
SHanba oqshomida Qo'qonda kechgan Farg'ona derbisida birinchi liga ishtirokchisi "Qo'qon-1912" penaltilar seriyasida g'alaba qozonib keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Bunda jamoaning tajribali posboni Andrey Baklanovning ham hissasi katta bo'ldi. Negaki mahoratli posbon "Neftchi" azolarining birinchi tepgan penaltisini qaytarishga erishdi. Uchrashuvdan so'ng Baklanov bilan suhbatlashdik.
- O'zingiz ham guvohi bo'ldingiz, maydonda keskin kurash kechdi. Jangavor ruhda o'tdi. Kerakli natija qo'lga kiritilganidan keyin hamma xursand xolda uylariga qaytdi.
- Bu kabi oliy liga jamoasiga qarshi kechadigan bahslardan oldin kuchli tayyorgarlik ko'rasiz. Aslida o'zingizni tayyorlamasangiz ham baribir o'yinga tayyor bo'lasiz. Ushbu g'alaba tarixiy bo'ldi. Aytishlaricha "Qo'qon-1912" Farg'ona jamoasini bundan roppa-rosa 25 yil ilgari mag'lub etgan ekan. Ushbu ananani davom ettirganimizdan xursandmiz.
- Stadionimizni to'ldirib o'tirgan muxlislar bizni butun uchrashuv davomida tinimsiz ravishda qo'llab-quvvatlab turgani biz futbolchilarga yanada qo'shimcha kuch bag'ishladi. Aynan ularning olqishlab turishi ham g'alaba qozonishimizda qo'l keldi. Qolaversa jamoaviy o'yinimiz evaziga ham "Neftchi"ni mag'lub etdik deb hisoblayman.
- Penaltilar seriyasi bu lotoreya. Unda ko'p narsa omadga ham bog'liq. Albatta uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar borishini kutmagandik. SHu bois bunga mashg'ulot jarayonida alohida tayyorgarlik ko'rganmiz deya olmayman. Qo'shimcha taymlarning ikkinch bo'limi tugab borayotgani murabbiyimiz menga ishonch bildirib zaxiradan maydonga tushirdi. Bu taktik o'zgarish edi. Penaltilarni qaytarishimning hech qanday siri yo'q. Bu borada ko'pincha mening omadim chopadi.
- "Neftchi" ham yomon o'yin ko'rsatmadi. Ularga omad kelmadi. Farg'onaliklarga keyingi o'yinlarda omad tilayman.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar