Andrea Barcali: "Men o'zimni futboldan tashqarida ko'ra olmayman"
18 may 2019 14:05
Yangiliklar


Andrea Barcali: "Men o'zimni futboldan tashqarida ko'ra olmayman"
"Yuventus" klubi himoyachisi Andrea Barcali futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng o'z kelajagi uchun hali qaror qabul qilmaganligini tan oldi.
Oldinroq, 38 yoshli italiyalik futbolchi joriy mavsumdan keyin faoliyatini yakunlashi haqida elon qilgan edi.
"Men kundalik ishlarni, hazillarni, jamoadagi do'stlarim bilan boshdan kechirgan kunlarimni sog'inaman. Endi men uchun yangi sarguzashtlar boshlanadi. Kelasi yil qaysi yo'ldan ketishimni aniqlab olishim muhim. Ammo o'zimni futboldan tashqarida ko'rmayapman" - deydi Barcali.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar