So’nggi yangiliklar

00:20"Ман Сити" ва "Ливерпуль" қизиқаётган футболчини "Манчестер Юнайтед" илиб кетишга яқин  0 23:57Гаскойн: "Тушунмайман, у нега "Реал"га ўтмади?"  0 23:32Неъматилло Қуттибоев: "Учрашувни назорат қилдик, аммо имкониятлардан фойдалана олмадик"  0 23:27Баҳром Ҳайдаров: "Сунъий майдон баҳона бўлиши керак эмас"  0 23:14Дибала Осиёга йўл олмоқда  5 22:54"Манчестер Юнайтед" ёш футболчисини сотиб юборди  0 22:38Бу даҳшат! Россия футболида рекорд қўйилди  2 22:01"Турли мамлакатлардан бўлган ҳакамлар битта вазиятни турлича кўришади". Ҳакамлик бўйича ФИФА инструктори Фарҳод Абдуллаев билан катта интервью  1 21:50Алексей Естафеев: "Биринчи бўлимда ҳушёрликни йўқотиб қўйдик"  1 21:47Анвар Бердиев: "Осон ўтмаган ўйинда ғалабага эришдик"  1 21:25Мартинес "Астон Вилла" билан шартнома имзолади  1 21:06БУМ! Роналду YouTube'да канал очди ва рекорд қўйди  3 20:52"CAFA U-17 Championship 2024". Ўзбекистон Эронни мағлуб этди  5 20:25Про лига. "Шўртан" "Дўстлик" устидан иродали ғалабага эришди  3 20:09Базаси футболчиларга тўлиб кетган "Челси" 50 млн еврога "Атлетико" футболчисини сотиб олди  3

"Andijon"ga Beloshapka, Vizaver hamda G'afforov keldi Yangiliklar

"Andijon"ga Beloshapka, Vizaver hamda G'afforov keldi

Ikkinchi davrada bor etiborini kuchlilar safida qolishga qaratadigan "Andijon" shunga monand tarkibni kuchaytirishga urinmoqda.
Jamoada yuz berayotgan o'zgarishlar bilan saytimiz orqali kun ora sizlarni xabardor etib bormoqdamiz.

Burgutlar safida kecha yana yangilar kelib qo'shildi. Bular Boris Beloshapka va Vitaliy Vizaverdir. Muxlislar yaxshi bilsa kerak, Beloshapka "Andijon" uchun begona emas. Sababi ilgari Boris Ivanovich futbolchilik davrida aynan "Andijon" darvozasini qo'riqlagandi. SHuningdek ukrainalik sobiq posbon faoliyati mobaynida "Qizilqum"da o'ynaganini aytib o'tish kerak. Uning o'sha davrlarda yurtimizga kelishiga esa aynan Sergey SHevchenko sabab bo'lgandi. SHevchenko va Beloshapka yo'llari endilikda yana "Andijon"da kesishmoqda. Faqat bu safar Boris Ivanovich jamoa murabbiylar shtabida ishlaydi.

"Andijon" bosh murabbiyi himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida o'zi yaxshi bilgan Vitaliy Vizaverni ham yangi jamoasiga taklif etdi. Bungacha Ukrainaning asosan birinchi va ikkinchi ligasida o'ynagan 35 yoshli futbolchi dushanba kuni klub lagerida paydo bo'ldi. "Avangard"ning sobiq o'yinchisiga aylangan Vizaver o'z vaqtida Rossiya birinchi divizionida ham to'p tepgan.

Bundan tashqari surxondaryolik Sayriddin G'afforov ham kuni-kecha Andijon yig'iniga kelib qo'shildi. O'z vaqtida SHo'rtan yoshlar jamoasida o'ynagan futbolchi oxirgi paytlarda faoliyatini Tojikiston chempionatida olib borayotgan edi. CHapaqay futbolchi o'zidan yaxshi taassurot qoldira olsa, ikkinchi davrada "Andijon" uchun o'ynaydi.  

SHuningdek yaqin kunlarda yana bir nechta futbolchilar tarkibga kelib qo'shilishi kutilmoqda. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика