"Andijon": Javlon Mirabdullaev Xitoyga boradi
12 iyu 2014 11:52
Yangiliklar
"Andijon": Javlon Mirabdullaev Xitoyga boradi
Bugun "Andijon" klubi qarorgohiga O'zbekiston Futbol Federaciyasi terma jamoalar markazidan chaqiruv qog'ozi keldi. Jamoamiz himoyachisi Javlon Mirabdullaev SHuhrat Maqsudov boshchilik qilayotgan yoshlar terma jamoasi yig'iniga taklif etildi.
Xabaringiz bor, (U-22) yoshlar terma jamoamiz 19-25 iyun kunlari Xitoyda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi. Mazkur yig'in chog'ida terma jamoamiz mezbonlarga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Xitoyda tashkil etilgan xorij yig'inida Mirabdullaev ham ishtirok etadi. SHu bois himoyachimiz 17 iyun kuni yoshlar terma jamoasi ixtiyorida bo'ladi. Mazkur yig'in natijasida Mirabdullaev 22 iyun kuni "Andijon" - "Neftchi" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadigan vodiy derbisida ishtirok eta olmaydi.
Fikrlar