So’nggi yangiliklar

21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  0 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  6 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  16 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  11 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  6 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  2 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  10 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  2 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  4 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  12 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  10

Andijon viloyati hokimi jamoa mashg'ulotiga tashrif buyurdi Yangiliklar

Andijon viloyati hokimi jamoa mashg'ulotiga tashrif buyurdi

Davralar oralig'idagi katta o'zgarishlarni amalga oshirayotgan “Andijon” oliy ligada jon saqlab qolish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda.
Selekciyaga katta urg'u berayotgan “burgutlar”ning har bir mashg'uloti muxlislar bilan o'tayotganini ko'rib, esa bunday jonkuyarlar uchun ham jamoani kuchlilar safida olib qolish degan fikrga kelasiz.

Jamoa safiga kelayotgan har bir futbolchi ishqibozlarning katta qiziqishi ostida turadi. Sergey SHevchenko ayni damda futbolchilarning ikkinchi yig'in oldidan imkoniyatlarini tekshirib bormoqda.

Jamoa muxlislarini quvontiradigan navbatdagi xushxabar: kecha “Andijon”ning kechki pay “Sog'lom Avlod” stadionida o'tkazgan mashg'ulotiga shaxsan viloyat hokimi tashrif buyurdi. SHuhrabek Abdurahmonov Sergey SHevchenko o'tkazgan mashg'ulotni bevosita kuzatdi va futbolchilar bilan suhbatlashib, ularga har qanday amaliy yordam kerak bo'lsa berishini va “Andijon”ni bu yil elitada olib qolish uchun bor kuchni sarflashlarini aytdi. Viloyat hokimining ushbu tashrifi muxlislarni to'lqinlantirib yubordi va fan-klub raisi Nodirbek To'ychiev buning uchun SHuhratbek Qo'shaqboevichga minnatdorchilik bildirib, u kishiga befarq bo'lmayotgani va jamoa uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotgani uchun andijonlik ashaddiy muxlislar nomidan rahmat aytdi.

O'z vaqtida Slovakiya, Xitoy, CHexiya kabi Evropa chempionatlarida o'ynagan Aziz Ibragimovning “Andijon”ga kelayotganini eshitgan viloyat hokimi ham bundan xursand ekanligini yashirmadi va selekciya jarayonini to ikkinchi davraga qadar bir zum ham to'xtatmasdan, jamoa o'yinini kuchaytirishga qodir bo'lgan o'yinchilarni yana taklif etish kerakligini aytdi.

Jamoa azolari ham viloyat hokimi SHuhratbek Abdurahmonovning ushbu tashrifidan mamnun bo'ldi va bu ularga yanada qo'shimcha kuch bag'ishladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика