So’nggi yangiliklar

22:38Вадим Абрамов: "Биринчи таймда масалани ҳал қилдик"  1 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  9 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1 21:12"Челси" — "Ливерпуль". Бироздан сўнг бошланадиган ўйиннинг асосий таркиблари билан танишинг  25 21:03Суперлига. Пенальтидан гол урилмаган "Бунёдкор" ва "Насаф" учрашувида кетма-кет учинчи марта 2:2 ҳисоби қайд этилди  98 20:23Шавкат Юсупов: "Махаррам Абелфазов етакчилик қобилиятини кўрсата оляпти"  2 20:08Махсуджон Зокиров: "Бугунги ўйинда хатолар кўп бўлди"  0 19:48АПЛ. "Тоттенхэм" меҳмонда "Лидс" устидан ғалабага эришди  4 19:15Эшитдик-да! ЎФА МТЖ мураббийи билан шартномани бекор қилди  16 18:58Суперлига. Кубок финалидан олдинги репетицияда "Пахтакор" "Бухоро"ни меҳмонда йирик ҳисобда енгди  32 18:53Суперлига. "Динамо" Термизда ишончли ғалабага эришди  12 18:41"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини эфирга узатилмайди?!  34 18:26"Ордабаси" — "Тобол". Қозоғистон кубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 17:50Про лига. "ФарДУ" ва "Олимпик MobiUz" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  2

"Andijon": "Zomin"ga 7ta gol urdik, Abdumo'minov va Abdullaev ketdi, "Navbahor"dan ikki futbolchi keldi Yangiliklar

"Andijon": "Zomin"ga 7ta gol urdik, Abdumo'minov va Abdullaev ketdi, "Navbahor"dan ikki futbolchi keldi

CHempionat restartiga tayyorgarlikni Sirdaryo viloyatining Yangier shahrida o'tkazayotgan "Andijon" jamoasi kecha Jizzaxning "Zomin" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo'lgan uchrashuvda "Andijon" jamoasi 7:2 hisobida g'alaba qozondi.

Kiritilgan to'plarga Doniyor Abdumannopov, Jamshid Hasanov, SHahboz Jumaboev, Baxtiyor Qosimov, Azamat Isroilov, Abdulloh Olimov va Emmanuel Arivachukvu mualliflik qilishdi.

Mamlakatimizda yozgi transfer oynasi ochilgan kuni "Qo'qon-1912" jamoasidan ijaraga olingan darvozabon Islombek Abdullaev sobiq jamoasiga qaytib ketdi. SHuningdek, jamoamiz yarim himoyachisi Jahongir Abdumo'minov bilan ikki tomonlama shartnoma bekor qilinib, Abdumo'minovga javob berib yuborildi.

Yozgi transfer bozori ochilganidan keyin bir qator futbolchilarni ko'rikdan o'tkazmoqda. Namangan "Navbahor" jamoasi yarim himoyachisi Komil Tojiddinov va hujumchi Husayn Ergashboev ayni paytda jamoamiz ko'rigidan bo'lib turishibdi. Bu ikki futbolchi ham "Zomin"ga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvda maydonga tushishdi.

Eslatib o'tamiz, jamoamiz Superliganing 10-turini 18 avgust kuni Muborakning "Mashal" jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика