So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

"Andijon" yig'iniga ikki nafar futbolchi qo'shildi Yangiliklar

"Andijon" yig'iniga ikki nafar futbolchi qo'shildi

Teglar :  Andijon
“Andijon”ning Dukent shaharchasi, “Yangiobod” o'quv-sport mashg'ulot bazasidagi tayyorgarlik yig'ini davom etmoqda.

Jamoa joylashgan qarorgohda hamma sharoitlar muhayyo bo'lib, barcha etibor faqat mashg'ulotlarga qaratilgan.

Malumot uchun shuni ham qo'shimcha qilib o'tishim kerakki, bu erda qilichbozlar, og'ir atletikachi, bokschilardan iborat O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham o'z yig'inlarini o'tkazishadi. SHundan ham bilish mumkinki, sharoitlar va shug'ullanish uchun mo'ljallangan sport inshootlari alo darajada. 

"Andijon" kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazyapti. Kecha kunning birinchi yarmida bosh murabbiy futbolchilarni yopiq manejda turli xil qiziqarli mashqlar yordamida shug'ullantirdi. Kechki paytdagi mashg'ulot esa stadion hududida bo'lib o'tdi. 

Muxlislarimizni tarkibga yangi qo'shilayotgan futbolchilar qiziqtirishi shubhasiz. Bu safar ular uchun yangilik sifatida shuni malum qila olamizki, kecha jamoa safiga iqtidorli hujumchi Bobur Farhodov qo'shildi. 27 yoshli futbolchi 2022 yilgi chempionatda “So'g'diyona” hamda “Metallurg” klublarida to'p tepgan. 

Bundan tashqari, o'tgan yilgi mavsum bo'yicha "Andijon"ning eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof etilgan Ildar Mamatkazin ham klub ixtiyoriga etib bordi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика