So’nggi yangiliklar

13:26"Барселона" Гёкерешни қанчага сотиб олиши мумкинлиги маълум бўлди  0 12:59Вальверде - "Реал"нинг ЕЧЛда "Атлетико"га қарши ўйин қайдномасига киритилди. Хавбек мушакларидаги ноқулайлик туфайли 2 та ўйинни ўтказиб юборганди  1 12:40"Ал Ҳилол"нинг Ўзбекистон клубларига қарши ўйинлари тарихи  4 12:22"Милан" жамоа етакчиларидан бири билан шартномани 2030 йилга қадар узайтирди  0 12:18"Андижон"нинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси маълум  0 11:58"Арсенал" "Атлетико"нинг собиқ спорт директори Бертани тайинлаши мумкин. Келишув март ойида тузилиши режалаштирилган  0 11:35"Бавария" ёзда Команни 35-45 млн еврога сотмоқчи. Вингерга "Арсенал" ва Саудия клублари қизиқмоқда  1 10:52Месси? Аргентинанинг Уругвай ва Бразилияга қарши кенгайтирилган таркиби эълон қилинди  5 10:20Клаудио Раньерининг танқиди «қиммат»га тушди  1 10:05Футбол олами. Суперлига-2025'га ким қандай тайёрланди?  2 09:53«Реал»нинг «Атлетико»га қарши баҳс учун қайдномаси эълон қилинди  26 09:25"Қизилқум"нинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди   4 08:52Opta ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини янгилади  17 08:23Sofascore. Кечаги учрашувда Жалолиддин Машариповнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:54"Бухоро"нинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди  3

"Andijon": Xurshid Xo'jaev va Sirojiddin Allaev keldi Yangiliklar

"Andijon": Xurshid Xo'jaev va Sirojiddin Allaev keldi

5 yanvar kunidan “Andijon” jamoasi ham yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini boshlab yubordi.

“Burgutlar”ning dekabr oyidagi dastlabki yig'ini bir haftadan iborat bo'lgandi. Yangi yil bayrami munosabati bilan futbolchilarga qisqa muddatli dam berilgandi va jamoa 5 yanvardan yana mashg'ulotlarga kirishdi. Aytish kerakki, “Andijon” jamoasi yangi yilni o'zgarishlar bilan boshladi.

“Andijon” klubi bosh direktori lavozimida faoliyat olib borgan SHuhrat O'rinboev o'z arizasiga binoan istefoga chiqdi. Uning o'rniga yosh va umidli mutaxassis Bekzod Karimov “Andijon” jamoasi bosh direktori etib tayinlandi. Bungacha Bekzod Karimov Andijon viloyati futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti lavozimida ishlab kelayotgandi. Bu yildan jamoaga Karimov rahbarlik qiladi. “Andijon” jamoasi murabbiylar shtabida hozircha o'zgarishlar yo'q. O'tgan mavsumning ikkinchi yarmida bosh murabbiylik vazifasini olgan Sergey Kovshov 5 yanvar kuni Toshkentga Andijonga kelib yana ishga kirishdi. SHuningdek, katta murabbiy Nozim Mullaoxunov o'z ishini davom ettirmoqda. Yordamchi murabbiyi Vitaliy Legay esa birinchi kungi mashg'ulotda ko'ringani yo'q. Darvozabonlar bilan ishlash uchun Hamidjon Zokirov taklif etildi.

5 yanvar kuni futbolchilar klub qarorgohiga yig'ilib, Sergey Kovshov qo'l ostida mashg'ulotlarni boshlashdi. Yig'inning birinchi kuni bo'lgani bois “Sog'lom avlod” stadionida futbolchilar tiklanish mashg'ulotini o'tkazishdi. Unda 20 nafardan ortiq futbolchi ishtirok etdi. Lochin Dolimov, Asror Rahmonov, Tursunboy Xusanov, SHukur Jumaboev, Farhod Bekmurodov, Alisher To'xtasinov, Javlon Guseynov, Bekzod G'oziev, SHahboz Jumaboev, Davron Jo'raqulov, Farruh Mirzaev va “UzDongJu” jamoasidan taklif etilgan bir nechta yoshlar birinchi kungi mashg'ulotlarda ishtirok etishdi. Ibrohim Otaxonov ertadan boshlab mashg'ulotlarga qo'shiladigan bo'lsa, Anvar Berdiev va Iqbol Boboxonov payshanba kuni jamoa bilan shug'ullanishni boshlashadi. Bundan tashqari, yig'inning birinchi kunida yangi o'yinchilardan, “Navbahor”dan kelgan darvozabon Xurshid Xo'jaev bilan himoyachi Bobir Akbarov va “Mashal” jamoasidan tashrif buyurgan Sirojiddin Allaev tarkibda paydo bo'lishdi. Ammo ularning orasida Akbarov mashg'ulotlarda faqat bir kun qatnashdi xolos. Ertaga futbolchilar Andijon shahrida dastlabki tibbiy ko'rikdan o'tadilar. Andijonda olib borilayotgan ikkinchi yig'inda jamoa safiga bir qator yangi o'yinchilarni kelib qo'shilishi kutilmoqda.


“Andijon” klubi matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика