"Andijon" – "Turon" uchrashuvi Namanganda bo'lib o'tadi
24 iyu 2021 22:25
Yangiliklar
O'zPFLning malum qilishicha, Coca-Cola Superliga 13-turidan o'rin olgan “Andijon” — “Turon” o'yini projektor bilan bog'liq muammo sababli Andijonda o'tkazilmaydi.
"Andijon" futbol klubi mazkur turni nominal mezbon sifatida Namangandagi "Markaziy" stadionda o'tkazadi. Uchrashuv 31-iyul — shanba kuni 20:00 da start oladi.
Tomonlarning ikkinchi davradagi o'zaro o'yiniga reja bo'yicha Yaypan shahri mezbonlik qiladi.
Fikrlar