So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  6 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

“Andijon” sobiq futbolchilari oldidagi moliyaviy qarzdorlikni bartaraf etdi Yangiliklar

“Andijon” sobiq futbolchilari oldidagi moliyaviy qarzdorlikni bartaraf etdi

O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Professional futbol ligasida rahbariyat alishgach, bir qator futbolchi hamda murabbiylar tomonidan klublar ustidan shikoyat arizalari kelib tushdi.

Ularning ishi Tartib-intizom qo'mitasi tomonidan atroflicha o'rganib chiqilib, qarzdor klublarga jazolar belgilandi va shu yo'l orqali futbolchilar, murabbiylar haq-huquqlari himoya etildi.

Xabaringiz bor, Professional futbol ligasi jamoalarga yangi o'yinchilarini ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berishdan avval klublarning sobiq futbolchi yoki murabbiylari oldida qarzdorligi mavjudligini o'rganib chiqmoqda. Agar klub mavsumning ilk qismidan so'ng xayrlashgan futbolchilari yoki murabbiyi bilan to'liq hisob-kitobni amalga oshirgan bo'lsa, hech qanday muammosiz yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.

Biroq Pro-Liga ishtirokchilaridan biri sanaladigan "Andijon" PFK ilgari jamoada faoliyat olib borgan bir necha nafar futbolchidan moliyaviy qarzdor ekani malum bo'lgan edi. So'ngra "Andijon" PFK bosh direktori – Maruf Abdisalomov PFLga qarzdorlik mavjud bo'lgan futbolchilar bilan 17 iyul sanasiga qadar to'liq hisob-kitob qilinishi xususidagi kafolat xatini taqdim etgan va “Andijon”ga shartli ravishda yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolashga ruxsat berilgan edi.

“Andijon” PFK belgilangan muddat yakuniga etishidan avval Rasul Rahmonov, Akbar Hodjaev hamda Abdulatif Abduqodirov bilan to'liq hisob-kitobni amalga oshirdi. Abdulatif Abduqodirovga qolib ketgan oylik maoshi to'lab berildi. SHuningdek, Akbar Hodjaev oldidagi 2015-2017 yillardagi maoshlar hisobidan to'planib qolgan qarz to'landi. Yana jamoaning sobiq futbolchisi va murabbiyi Rasul Rahmonov oldidagi 2013-2015 yillar davomida yig'ilgan moliyaviy qarzdorlik bartaraf etildi.

“Jamoa men bilan to'liq hisob-kitobni amalga oshirdi. Oyog'im payini operaciya qildirdim. Bu jarayonda ham ko'mak berishdi. Bundan juda xursandman. Hali “Andijon” jamoasi bilan yana 1,5 yillik shartnomam bor. Nasib etsa, yaqin vaqt ichida jarohatdan tiklanib, jamoaga naf keltirishga harakat qilaman”, - dedi bu borada Akbar Hodjaev.

“Andijon” jamoasida to'p surgan paytimdagi maoshlarimdan bir nechtasi yillar davomida yig'ilib qolgan edi. O'FA hamda PFL murojaatimni javobsiz qoldirmasdan menga pullarimni olishda ko'mak berdi. Bundan xursandman va O'FA rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman”, - deya vaziyatga izoh berdi Rasul Rahmonov.

Endi 2018 yilgi yozgi transfer oynasidan boshlab PFL shikoyat arizalari tartibini barchaga eslatib o'tishni lozim deb biladi. Reglamentning 24-bo'lim 5-bandida har qanday shikoyat arizalari bo'lib o'tgan bahsli holatga 2 yil to'lmagani holatidagina ko'rib chiqilishi belgilab qo'yilgan. Demak, klublar, futbolchilar, murabbiylar bahsli vaziyat yuzasidan shikoyat arizasini maksimum 2 yil ichida yozishi kerak bo'ladi. Bundan kelib chiqadiki, bundan buyon 2016 yilning iyun oyigacha bo'lib o'tgan ishlarni ko'rib chiqish masalasini O'FA hamda PFL o'z bo'yniga olmaydi. O'zbekiston futbol associaciyasi bu kabi masalalarni Xalqaro futbol uyushmasining talabi asosida ishlab chiqadi, yani, FIFA nizomlariga bo'ysunadi.

P.S.: FIFAning “Futbolchilarning o'tishi va maqomi” to'g'risidagi reglamenti 25-bo'lim 5-bandida shunday deb yozilgan: “Futbolchilar maqomi bo'yicha qo'mita, Bahsli vaziyatlarni (mojarolar) hal qilish bo'yicha palata, shuningdek, Yakka tartibdagi sud hamda Mojarolarni hal qilish bo'yicha palata sudi o'z vakolatiga kiruvchi har qanday ishni u sodir bo'lganiga ikki yil to'lgach, ko'rib chiqmaydi. Ikki yil muddatgacha berilgan davo arizalari esa individual tarzda o'rganib chiqiladi”.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика