andijon-pfc.uz: Azamat Abduraimov "Andijon"dan ketgani yo'q
30 apr 2014 18:25
Yangiliklar
andijon-pfc.uz: Azamat Abduraimov "Andijon"dan ketgani yo'q
Bugun turli internet saytlarida “Andijon” jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov istefoga chiqarilgani va uning o'rniga No'mon Hasanov taklif etilgani to'g'risida malumotlar paydo bo'ldi.
Avvalo shuni aytib o'tamizki, bu malumotlar asossiz bo'lib “Andijon” jamoasida hech qanday o'zgarish bo'lmadi. “Lokomotiv” bilan bo'lgan o'yindan keyin futbolchilar bugun klub qarorgohiga yig'ilishdi va ayni paytda mashg'ulotlarni bosh murabbiy Azamat Abduraimovning o'zi yordamchilari bilan birgalikda o'tkazmoqda. Bundan ko'rinib turibdiki, Abduraimov jamoadan ketgani yo'q.
To'g'ri, “Andijon” uchun mavsum muvaffaqiyatli boshlangani yo'q. Albatta, ketma-ket mag'lubiyatlar hech kimga yoqmaydi. Lekin Abduraimov va murabbiylar shtabi vaziyatni ijobiy tarafga o'zgartirishga bor kuchlari bilan harakat qilishmoqda. SHu bois “Buxoro”ga qarshi o'yinga jamoa jiddiy suratda tayyorgarlikka kirishdi. To'g'ri, jamoa mag'lubiyatga uchrasa, birinchi navbatda murabbiy aybdor sanaladi. 5-turda “Dinamo” jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvdan keyin yig'ilish o'tkazildi. Unda Abduraimov bosh murabbiyning ishidan qoniqishayotgani yoki qoniqish hosil qilishmayotganini futbolchilardan ochiq so'ragandi. Barcha futbolchilar bosh murabbiyga ishonishlarini va hammasi yaxshi bo'lishini aytishgan.
Albatta, muxlislar sevimli jamoalaridan faqat g'alaba kutishadi. Ishonamizki, “Buxoro” bilan bo'ladigan o'yinda “Andijon” futbolchilari ishqibozlarni xursand etishadi.

Fikrlar