"Manchester Yunayted" "Lechche" himoyachisi bo'ycha yangi taklif tayyorlamoqda
23 jan 18:00
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" "Lechche" himoyachisi bo'ycha yangi taklif tayyorlamoqda
"Manchester Yunayted" "Lechche" himoyachisi Patrik Dorgu transferi bo'yicha yangi taklif tayyorlamoqda.
Dastlab, manchesterliklar 27 million evro taklif qilishgandi, ammo u rad etilgan. "Lechche" futbolchisini kamida 40 million evroga sotmoqchi, lekin "Manchester Yunayted" hozircha bunday summaga rozi emas. Dorguning o'zi esa MYU safiga o'tish istagini bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, asli kelib-chiqishi nigeriyalik bo'lgan daniyalik futbolchi 17 yoshidan buyon "Lechche" tizimida harakat qiladi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Joriy mavsum Dorgu A Seriyaning 20 o'yinida ishtirok etgan (3 ta gol, assist va 3 ta kartochka (2 sariq va qizil)) va Italiya Kubogida 2 ta o'yin.
"Transfermarkt" portali 20 yoshli qanotning universal vakilini 20 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar