So’nggi yangiliklar

08:57Луис Энрике Лондондаги ғалаба ҳақида фикр билдирди  0 08:26Артета мағлубиятдан сўнг нималар деди?  3 08:05ЕЧЛ. ПСЖ биринчи ўйинда ғалаба қозонди, "Арсенал"нинг голи ҳисобга олинмади  2 07:58Анчелоттининг Бразилия билан келишуви барбод бўлиши мумкин, Нега?  1 07:30Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади  0 01:54ЕЧЛ. ПСЖ Лондонда "Арсенал"ни таслим этди  99 00:30Вадим Абрамов: "Ҳар қандай ҳолатда ҳам биринчи ўринда қоламиз"  1 00:15"Ал Аҳли" "Ал Ҳилол" устидан ишончли ғалаба қозониб, Элит ОЧЛ финалига йўл олди!  27 23:50Февзи Давлетов: "Афсуски, йўл қўйган иккитагина хатомиз туфайли мағлуб бўлдик"  1 23:35Эрик Дайер "Бавария"ни тарк этади. Унинг кейинги жамоаси аниқ  0 22:49Мендининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  2 22:20Кетма-кет иккинчи мавсум Ўзбекистон Кубогининг амалдаги ғолиби гуруҳдан чиқа олмади  25 21:40"Лочин" бош мураббийи Сардор Тўхтаев: "Андижон" — бизни икки карра кўпроқ куч билан ўйнашга ундайдиган жамоа"  10 21:15Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" ўз майдонида "Динамо"га мағлуб бўлди, "Андижон" гуруҳда қолиб кетди  22 20:55Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" ўз майдонида йирик ғалаба қайд этди  2

"Paxtakor" Farg'onada "Andijon" darvozasiga javobsiz uchta gol urdi Yangiliklar

"Paxtakor" Farg'onada "Andijon" darvozasiga javobsiz uchta gol urdi

Teglar :  Paxtakor Andijon
Superliga 9-tur doirasidagi "Andijon" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 

O'yinning 3-daqiqasida Abdulloh Olimovning olisdan yo'llagan jarima to'pini avvaliga Sanjar Quvvatov qo'llaridan chiqarib yuborib, ikkinchi urinishda ushlab oldi. 8-daqiqada Masharipovning chap qanotdan oshirib bergan to'pini Doston Hamdamov boshi bilan Dragan CHeranga etkazib bergandi. CHeran esa yaqin masofadan noaniq zarba yo'lladi. 

16-daqiqada Abdulloh Olimovning burchakdan oshirib bergan to'pini Sanjar Quvvatov egallab oldi.

18-daqiqada Doston Hamdamovning burchakdan oshirib bergan to'pini Vitaliy Mirniy qaytarib yubordi. 

20-daqiqada Jaloliddin Masharipov ikki himoyachini aldab o'tib, darvozaga yo'llagan zarbasini Vitaliy Mirniy egallab oldi. 

28-daqiqada Oybek Qilichev to'pni o'ng qanotdan oldinga tashlanayotgan Bobur Amonovga etkazib berdi. Bobur esa "Paxtakor" jarima maydonchasida turgan Farhod Bekmurotovni to'p bilan taminlagandi. Farhod zarba yo'lladi, to'p darvozaning yuqorisidan o'tib ketdi. 

45+1-daqiqada Masharipov tomonidan oshirib berilgan to'pni CHeran boshi bilan darvozaga yo'lladi, Vitaliy Mirniy ajoyib seyv bilan jamoasini qutqardi. 

Keyingi daqiqada SHahzod Ubaydullaev qarshi hujumga o'tib ketdi va darvozaga zarba berdi, Quvvatov o'z o'rnida. 

45+2-daqiqada Ildar Mamatkazin Dragan CHeranni ushlab qolgani uchun bosh hakam mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. Penaltini CHeranning o'zi aniq amalga oshirib hisobni ochdi - 0:1. 

Ikkinchi taym boshlandi.

55-daqiqada mehmonlarning xavfli hujumi, o'ng qanotdan oshirigan to'pga CHeran ozgina kech qoldi. 

58-daqiqada Ubaydullaevning zarbasidan so'ng Quvvatov to'pni qaytardi. 61-daqiqada CHeranning yaqin masofadan tepgan to'pi noaniq ketdi. 

74-daqiqada Hamdamov va Alijonovning yaqin masofadan tepgan to'plarini Mirniy qaytarib yubordi. Keyingi daqiqada Ro'zimboy Ahmedovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini Quvvatov qiyinchilik bilan qaytardi. 

80-daqiqada SHahboz Jumaboevning zarbasidan keyin Quvvatov to'pni qaytardi.

81-daqiqada CHeran oshirgan to'pni Sergeev darvozaga tepdi, Mirniy qaytargan to'pni Marat yaqin masofadan darvozaga aniq yo'lladi - 0:2. 

85-daqiqada maydon markazidan boshlangan ajoyib hujum chiroyli kombinaciya yordamida davom ettirildi, Bikmaev esa 18 metrlardan darvozaning yaqin burchagini ishg'ol qildi - 0:3. 

Uchrashuvda "Paxtakor" 3:0 hisobida g'alaba qozondi. 



Superliga, 9-tur.

"Andijon" - "Paxtakor" 0:3

Farg'ona shahri, "Istiqlol" stadioni.

Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Nayim Qosimov. 

Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov.  

Komissar: Sardor Qudratullaev. 

Gollar: Dragan CHeran 45+3 penalti, - 0:1. Marat Bikmaev 81, - 0:2. Marat Bikmaev 85, - 0:3.

"Andijon": Vitaliy Mirniy, Bobir Omonov, Oybek Qilichev, Farhod Bekmurotov, SHahzod Ubaydullaev (SHahboz Jumaboev, 79), Abdulloh Olimov (Ibrohim Otaxonov, 59), Ildar Mamatkazin, Abdurahmon Abdulhaqov (Ro'zimboy Ahmedov, 74), Radosav Aleksich, Asror G'ofurov, Abror Xusinov.
Zahira: Ruslan Matniyozov, Farhod Mirahmatov, Sardor Sulaymonov, Doniyor Ismoilov, Xushnudbek Avilov, Bobirjon Akbarov.

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Akramjon Komilov, Jaloliddin Masharipov, Dragan CHeran, Igor Sergeev, Dostonbek Hamdamov (Marat Bikmaev, 78), Odil Hamrobekov (Farrux Sayfiev, 90), SHerzod Azamov, Sardor Sobirxo'jaev (Vladimir Kozak, 76), Darko Simich.
Zahira: Eldor Suyunov, Alisher Salimov, Jahongir Ahmadov. Egor Krimec, SHohruh Mahmudhojaev, Sobir Sindarov.

Ogohlantirishlar: SHahzod Ubaydullaev 42, Radosav Aleksich 64, Marko Simich 67.


Andijon

Superliga. 9-tur

16/05/2019, 18:30

3
:
0
Tugadi

Paxtakor

Dragan CHeran - 45', Marat Bikmayev - 81', Marat Bikmayev - 85'

45'
90'
42'  Shahzod Ubaydullayev
45'  Ildar Mamatkazin
59'  Abdullo Olimov (Abbos Otaxonov)
64'  Radosav Aleksich
74'  Abduraxmon Abdulxaqov (Ro’zimboy Ahmedov)
79'  Shahzod Ubaydullayev (Shahboz Jumaboev)
45'  Dragan CHeran
67'  Marko Simich
76'  Sardor Sobirxo’jayev (Vladimir Kozak)
78'  Dostonbek Hamdamov (Marat Bikmayev)
81'  Marat Bikmayev
85'  Marat Bikmayev
90'  Odiljon Hamrobekov (Farrux Sayfiev)



Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика