"Andijon" o'rtoqlik bahsida "Navbahor"ni yirik hisobda taslim qildi
25 fev 2023 17:05
Yangiliklar


"Andijon" o'rtoqlik bahsida "Navbahor"ni yirik hisobda taslim qildi
Bugun "Andijon" hamda "Navbahor" o'rtasida nazorat bahsi o'tkazildi.
Qiziqarli va hujumkor ruhda o'tgan bahsda "Andijon" Samvel Babayan boshqaruvidagi "Navbahor" darvozasiga javobsiz 4 ta to'p kiritdi.
Malumotlarga qaraganda, namanganliklarning asosiy tarkib azolaridan bir nechtasi mazkur uchrashuvda harakat qilgan.
"Andijon" bugun ikkinchi o'yinini "Turon"ga qarshi o'tkazsa, "Navbahor" "Xo'jand" bilan bellashadi.
O’xshash yangiliklar
