So’nggi yangiliklar

12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  0 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  11 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12

"Andijon": Nazorat uchrashuvlari haqida Yangiliklar

"Andijon": Nazorat uchrashuvlari haqida

Teglar :  Andijon
Xabaringiz bo'lsa kerak, andijonliklar ayni damda poytaxtda yig'in o'tkazmoqda.

Futbolchilar kuniga ikki mahaldan shug'ullanmoqda. Jamoamiz kecha “So'g'diyona” bilan nazorat uchrashuvini tashkil etdi. Hozircha tarkibga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar yo'q. Lekin shuni takidlash lozimki, bugungi kunda tarkibni kuchaytirish maqsadida bir nechta futbolchilar bilan muzokara olib borilmoqda.

Kecha “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli mashg'ulot maydonida o'tgan uchrashuvda hisob yakunda 1:1 ko'rinishda bo'ldi. Hisobni avvaliga “burgutlar” ochishga erishdi. Himoyachi Javlon Guseynov jarima to'pini ustalik bilan amalga oshirdi. Darvoza tomon tahminan 25 metrlardan belgilangan jarima zarbasini Guseynov ajoyib tarzda amalga oshirib, uchrashuvda hisbni ochishga erishdi – 1:0.

Ammo ikkinchi bo'lim so'nggilariga borganida jizzaxliklar muvozanatni tikladi. Zaxiradan maydonga tushgan Qahramon Bahodirov o'zini ko'rsatdi– 1:1.

“Andijon” – “So'g'diyona” 1:1.

“Andijon”: Xurshid Xo'jaev, Tursunboy Xusanov, Davron Tursunov, Javlon Guseynov, Iqbol Boboxonov, Mirzakamol Kamolov, Robbim Hasanov, Farhod Bekmurodov, Alisher To'xtasinov, Timur Vasilev, Alisher SHog'ulomov.

Zaxiradan tushganlar: Akmal Tursunboev, Baxtiyor Qosimov, Artur Mamatkazin,

Rustam Azamov, Abdumalik Abdullaev, Anvar Berdiev, Farruh Mirzaev, Bobur Akbarov.

“So'g'diyona”: Temur G'aniev, Akmal Xolmurodov, Murod Xolmuhamedov, Sarvar Jo'raev, Elyor Oripov, Jahongir Jiyamurodov, Sanjar Rashidov, Muzaffar Muzaffarov, Sardor Sobirxo'jaev, Temur Hakimov, Farruh SHotursunov.

Zaxiradan tushganlar: Muzaffar Abdullaev, SHahzod Karimov, Qahramon Bahodirov, Sanjar Rihsiboev.  

Jamoamizning navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi 21 fevral kuni “Neftchi”ga qarshi kechadi. Rejaga ko'ra shu kuni Toshkentda yig'in yakuniga etadi.  


YOSHLARIMIZDA G'ALABA

Nozim Mullaoxunov boshchiligidagi “Andijon” yoshlar jamoasi ham kecha navbatdagi sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. “Navbahor”ning yoshlar jamoasiga qarshi kechgan bahsda andijonlik yoshlar 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda murabbiy quyidagi tarkibdan foydalandi: Barakatillo Isroilov, Madamin Mahmudov, Ahror O'ktamov, Dilmurod Mahmudov, SHoxruh Ergashev, Abror Komilov, SHoxsulton Parpiev, Alisher Abduvohidov, Ro'zivoy Abdug'afforov, SHoxjahon Hasanov, Salohiddin Salohiddinov.

Zaxiradan maydonga tushdi: Xotam Haydarov.

Gol: SHoxjaxon Xasanov.


“Andijon” FK matbuot xizmati.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика