So’nggi yangiliklar

01:51Расман: Оле-Гуннар Сульшер истеъфога чиқарилди  1 01:30Отабек Боймуродов: "Ҳар бир рақиб учун алоҳида тайёрланамиз"  1 01:08Конференциялар лигаси саралаши. "Фиорентина"дан суперкамбэк!  0 00:49Ўзбекистон U23 термаси Осиё Кубоги саралаши учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:26"Истанбул Башакшеҳир" миссияни уддалай олмади  51 00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  4 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  1 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  7 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  0 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  28 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  2 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  22

Andijon nazorat bahsida g'alaba qozondi Yangiliklar

Andijon nazorat bahsida g'alaba qozondi

Teglar :  Andijon
Avval xabar berganimizdek, Andijon shanba kuni o'z uyida navbatdagi sinov-nazorat bahsida maydonga tushdi.
Bosh murabbiy Usmon Toshev shu kuni davralar oralig'ida jamoaga taklif etilgan yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazib, ularning imkoniyatlarini ko'zdan kechirdi. Bo'ston dahasidagi BO'FM maydonida Qo'qon-1912 (yoshlar) jamoasiga qarshi kechgan bahs anchagina qiziqarli va tomoshabop tarzda o'tdi. Stadionga tashrif buyurgan ishqibozlarga ham o'yinning jozibasi manzur bo'lgan ersa ajab emas. Uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. Ammo har ikki jamoada ham gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Navbaxor jamoasidan taklif etilgan darvozabon Akmal Ortiqov ayrim vaziyatlarda o'zini ko'rsatib, muqarrar gollardan qutqarib qolgan bo'lsa, andijonliklarning keskin hujumlarini mehmon jamoa himoyachilari bir amallab yo'qqa chiqarib turdi. Garchi uchrashuv o'rtoqlik maqomida kechgan bo'lsada, to'p uchun kurashlarda futbolchilar bir-birlarini ortiqcha ayab o'tirmadi. Darvoqe, derbini oliy liga hakamlari bo'lmish - Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov boshqarib borishdi.

Ikkinchi taymda mahalliy muxlislar sevimli jamoasi Andijondan gollar kutkandi. Vaziyatlarning birida qo'qonliklarning jarima maydoni ichida yuzaga kelgan pala-partishlikdan iqtidorli hujumchi Firdavs Asadov unumli foydalanib, burgutlarni hisobda oldinga olib chiqdi - 1:0.

SHundan so'ng hisob yanada yirik ko'rinish olishi mumkin edi. Afsuski SHahboz Jumaboev penaltini amalga oshirgach, raqib posboni to'pni qaytarishga erishdi. So'ngra yana o'sha SHahboz jamoadoshi tomonidan oshirib berilgan havodagi to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi. Ammo mehmonlarni darvoza to'sini goldan qutqarib qoldi. O'yinning so'nggi soniyalarida istedodli o'yinchimiz Oybek Nurmatov ham chap qanotdan aldamchi xarakatlarini ishga solib, to'pni o'ng oyoqda to'g'ri darvozaga yo'lladi.  Bu safargi zarbadan keyin ham to'p to'singa tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi. SHu tariqa bahsda boshqa gol qacd etilmadi va Andijon navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida g'alaba qozondi. Muxlislar esa o'z uylariga xursand xolda qaytib ketdi. Bunday deyishimizning boisi ular g'alabadan emas balki, deyarli yangitdan tashkil etilayotgan tarkibning o'yin uslubi borligidir. Umid qilamizki, futbolchilar kelgusida yanada hujumkor tarzda o'ynab, ishqibozlarni ijobiy natijalar bilan quvontiradi. SHu o'rinda Qo'qon-1912 yoshlar jamoasi ham ko'pchilikda iliq taassurot qoldirganini alohida takidlash lozim.

15/07/2017
NAZORAT O'YINI
ANDIJON - QO'QON-1912 1:0.
Bo'ston. BO'FM stadioni.
Hakamlar:

Temur To'xtasinov
Anvar Marajabov
Ziyodulla Abdurahmonov.

ANDIJON:

Akmal Ortiqov
Ravshan Aslanov
Hamza Karimov
Siroj Hamroev
Abdulaziz Yoqubov
Otabek Valijonov
Farhod Bekmuratov
Ibrohim Otaxonov
Akmal Xolmatov
Anvar Berdiev
Firdavs Asadov.

ZAXIRADAN TUSHGANLAR:
Eldor Isaboev
Furqat Hasanboev
Rafik Karimov
Jahongir Mahsudov
SHahboz Jumaboev
Alisher Abduvohidov
Maqsud Mahmudov
Qahramon Mahamadjonov
Oybek Nurmatov.

Andijonliklarning o'z qarorgohidagi o'quv-yig'in mashg'uloti davom etadi

Andijon matbuot xizmati.
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика