So’nggi yangiliklar

13:16Ҳимоя чизиғида "катта тозалаш": "Интер" фахрийлар билан хайрлашишга тайёр  2 12:48Ҳолид Ал Фадли Ўзбекистон термасининг араб мамлакатларидан қандай фарқи борлигини айтди  2 12:27Файзуллаев Уругвай билан ўйнамайди  3 12:19Манба: Ўзбекистон халқаро турнирда Миср билан ўйнаши мумкин  4 12:05Реда Ҳани: "Мазкур беллашув Ўзбекистондаги сингари бизнинг мураббий учун ҳам биринчиси эди"  1 11:47Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК ҳакамлар академиясида малака оширади  0 11:35Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК Чақирув Лигаси ўйинларида!  0 11:24Ўзбекистон U-18 термаси Озарбайжон билан муроса кўчасини танлади  1 11:10Ўзбекистонлик аёл ҳакамлар Осиё чемпионати саралаш босқичида ишлайди  0 10:46"Арсенал" туркиялик футболчи учун катта суммадан воз кечишга тайёр  1 10:18"Реал" ҳужумчиси январда АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:50А Сериянинг энг кўп маош олувчи футболчилар рейтинги эълон қилинди  0 09:23Мбаппе Ямалнинг шахсий ҳаётига аралашётганларга мурожаат қилди  10 08:55Футзал. 3-турнинг марказий учрашувида йирик ҳисоб қайд этилди  0 08:27Элдор Шомуродов:"Ҳамма ҳам хато қилади"  11

"Andijon" murabbiyi Artyom Petrosyan: "Navbahor"ga vaziyatlar yaratishga bermadik. Ancha vaqtdan beri bunday g'alaba qozonmagan edik" Yangiliklar

"Andijon" murabbiyi Artyom Petrosyan: "Navbahor"ga vaziyatlar yaratishga bermadik. Ancha vaqtdan beri bunday g'alaba qozonmagan edik"

Superliga 13-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Navbahor" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Artem Petrosyan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Butun Andijon halqini g'alaba bilan tabrikliyman. Ancha vaqtdan beri bunday g'alaba qozonmagan edik. Men uchun juda emocional holat. Bugungi o'yinga tayyorlagan rejamiz zich himoyalanib, tezkor hujumlarga o'tish edi. O'zingiz ko'rdingiz "Navbahor" o'yinni nazorat qildi, ammo biz deyarli vaziyatlar yaratishga bermadik.

- Bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov bir nechta o'yinga chetlatildi. Bosh murabbiysiz jamoani boshqarishga qiynalmayapsizmi?

- Yo'q. Bosh murabbiy o'yin vaqti faqatgina maydon chetida turadi. Futbolchilar asosiy ishni bajarishadi. Muxlislarning bunday qullab-quvvatlashida hech nima eshitilmaydi. 18000 ming muxlis ichida qanchalik baqirsangiz ham eshitilmaydi.

- "Andijon" etti uchrashuvdan buyon g'alaba qozonmayotgan edi. Ko'pchilik ekspertlar bugun "Navbahor" g'alaba qozonishadi deya taxmin bildirishgandi. Bunday kuchli raqibga qarshi qanday tayyyorgarlik ko'rdingizlar?

- Hozirgi kunda ekspertlar ko'payib ketgan. Biz ham ularning fikrlarini o'qib turibmiz. To'g'ri, ko'pchilik "Navbahor"ga ishonayotgan edi. Barcha gap so'zlar o'yinga qadar bo'ladi, hammasi maydonda hal bo'ladi. Futbolchilarga rahmat aytaman. Ular bugun yaxshi o'yin namoyish etishdi. O'z o'yinimizdagi kamchiliklar sababli duranglar ko'payib ketgan edi.

- "Navbahor"ga qarshi alohida tayyorgarlik ko'rildimi?

- Biz barcha raqiblarni o'rganib chiqamiz. Biz kimga qarshi o'ynashimiz kerakligini tushunar edik. Bunday muhim o'yinlarda hech kimga motivaciya berib o'tirish kerak emas. 

- Keyingi hafta "Olimpik"ga qarshi kubok bahsi kutib turibdi. Tanaffusda jamoa qanday tayyorgarlik ko'rishi haqida malumot berib o'tsangiz?

- Hozir ikki kun dam olamiz. Keyin esa "Olimpik"ga qarshi tayyorgarlikni boshlaymiz. Birinchi davra yakunlanganidan so'ng bir hafta vaqt dam olamiz va keyin mashg'ulotlarga kirishamiz. Toshkentda yig'in o'tkazamiz. Horijda yig'in o'tkazish rejasi yo'q.

- Ikkinchi davrada jamoada yangi futbolchilarni ko'rishimiz mumkinmi?

- Rahbariyat ushbu masala bo'yicha ish olib bormoqda. Bizga ikki poziciyada kuchayishimiz kerak.

- Aleksandr Xomyakov yosh hujumchilarimizga stabillik etishmayapti deb aytib o'tgan edi. So'ngi uchrashuvlarda esa Rustam Turdimurodov yaxshi sport formaga kirib oldi va gollar urmoqda. Hujum chizig'ini kuchaytirish masalasi hali hamon aktualmi?

- Yoshlarga tajriba etishmaydi va shu sabab ular stabil o'ynay olishmaydi. Barchasi uchun vaqt kerak. Mavsum avvalida yoshlar bilan iloji boricha yaxshiroq natijaga qayd vazifasi yuklatilgan edi. Rustamga imkoniyat berdik va hozircha u ishonchni oqlamoqda.

- Rubin Xebay "Andijon"ga qaytishi mumkin degan gap so'zlar rostmi?

- Gap so'zlar har doim bo'ladi. Hozircha hech qanday malumotga ega emasman.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика