"Andijon" "Lion" va "Reynjers" rekordini takrorlaydimi?
26 noy 2025 21:14
Yangiliklar
"Andijon" "Lion" va "Reynjers" rekordini takrorlaydimi?
Biroz avval "Andijon" klubi OCHL-2 turniri guruh bosqichi 5-turi doirasida "Arkadag'" bilan murosa ko'chasini tanladi – 1:1.
Shu tariqa, "burgutlar" guruhdagi ketma-ket beshinchi uchrashuvda durang o'ynadi.
Klublar miqyosida xalqaro maydonlarda to'xtovsiz durang o'ynagan jamoa AEK klubi hisoblanadi – greciyaliklar Evropa Chempionlar ligasida 2002 va 2003 yilgi mavsumlarda ketma-ket 7 uchrashuvda na g'alaba qozongan, na mag'lubiyatga uchragan.
Shuningdek, "Lion" (2018–2019 yillar) va "Glazgo Reynjers" (2005–2006 yillar) 6 bellashuvda do'stlik ustun kelishini taminlagan.
Eslatib o'tamiz, "Andijon" oxirgi turda Qatarning "Al Ahli" klubi mehmoni bo'ladi.
Avvalroq vodiyliklar "Arsenal" va "Tottenxem"ning natijalarini takrorlagani haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar