So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  19 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  4 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  14 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  21 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   12 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

"Andijon" jamoasi bolalar uyiga tashrif buyurdi FOTO Yangiliklar

"Andijon" jamoasi bolalar uyiga tashrif buyurdi FOTO

Teglar :  Andijon
Ayni paytda “Andijon” jamoasi yangi mavsumga qizg'in tayyorgarlik ko'rish bilan birga mehribonlik va savob ishlarni ham etibordan chetda qoldirayotgani yo'q.

Bugun ertalab “Andijon” jamoasi azolari mehribonlik uyiga tashrif buyurib, bolalarga quvonch ulashishdi. Klub direktori Bekzod Karimov, murabbiylar Nozim Mullaoxunov, Sergey Kovshov hamda Anvar Berdiev, Ibrohim Otaxonov, Mirzakamol Kamolov, Davron Tursunov, Iqbol Boboxonov, Javlon Guseynov kabi futbolchilar boshchiligida bolalar uyiga tashrif buyurdilar. “Bolalar shaharchasi” uyi direktor o'rinbosari Oybek Madiyorov jamoa azolarini kutib oldi. Aytish kerakki, “Andijon” jamoasi “Bolalar shaharchasi”ga quruq qo'l bilan bormadi va futbolchilar bolalarga to'p hamda yana boshqa qimmatbaho sovg'alarni ulashishdi. Tabiiyki, bundan bolalarning ko'ngli tog'dek ko'tarildi. SHu bilan birga uchrashuv chog'ida bolalar o'zlarining raqs dasturlarini jamoa azolariga taqdim etishdi.



“Andijon” jamoasining tashrifidan mamnun bo'lishganini “Bolalar shaharchasi” direktori o'rinbosari O.Madiyorov takidlab o'tdi. “Andijon futbol klubini uyimizga tashrif buyurishganidan boshimiz osmonga etdi. Buning uchun biz jamoaga katta minnatdorchilik bildiramiz. O'ylaymizki, “Andijon” jamoasi tomonidan qilinayotgan xayrli ishlarni, bu boshi ham emas, oxiri ham emas. O'z navbatida biz ham viloyatimizning bosh jamoasiga O'zbekiston chempionatida omad tilaymiz va har bir uchrashuvda g'alaba ularga yor bo'lsin”.



“Andijon” klubi direktori Bekzod Karimov ham bolalar uyiga qilingan tashrifdan ko'zlangan maqsadlarni aytib o'tdi.

- Hurmatli Prezidentimizning tashabusslari bilan “Bolalar shaharchasi”dagi sharoitlarni ko'rib, har bir insonni ko'zi quvnaydi. Buning uchun hurmatli yurtboshimizga hamda viloyatimiz hokimiga rahmat aytamiz. “Andijon” futbol klubi ham xayrli ishlardan chetda qolmaydi. 2016 yil “Sog'lom ona va bola” yili munosabati bilan biz ham bolalar bilan uchrashish maqsadida shu erga keldik. Bu ishlarimizni bu boshlanishi. Xudo xohlasa, har oyda shu erga kelib bolalar bilan uchrashib turamiz. SHu bilan birga futbolchilarimiz ishtirokida master-klasslar o'tkazamiz. Bundan tashqari, o'z maydonimizda bo'ladigan uchrashuvlarda bolalar uchun bepul chiptalar ajratamiz va ular stadionga kelib, o'yinlarimizni tomosha qilishadi.



SHundan so'ng “Andijon” jamoasi bosh murabbiyi Nozim Mullaoxunovga so'z berildi.

- Mehribonlik o'yiga kelib bolalarga quvonch ulashib turganimizdan xursandmiz. Mana shunday xayrli ishlarni yil davomida yana ko'plab amalga oshirishga harakat qilamiz. Kelajakda mana shu bolalardan yaxshi futbolchilar etishib chiqishini xohlaymiz. CHunki bu yoshlar bizning kelajagimiz.
Futbolchilardan “Andijon” jamoasining etakchi o'yinchilari Anvar Berdiev bilan Ibrohim Otaxonov ham so'zga chiqib, bolalarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi. “Mehribonlik uyiga tashrifimiz bilan siz aziz bolalarni biroz bo'lsa ham xursand qilgan bo'lsak, bundan baxtiyor bo'lamiz. Ishonamizki, sizlar mamlakatimizning etuk insonlari bo'lib etishasizlar. Buning uchun biz ham qo'ldan kelgancha yordam berishga harakat qilamiz” – deb o'z fikrini bildirdi Berdiev.

"Andijon" jamoasi matbuot xizmati.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика