So’nggi yangiliklar

14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  6 13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  2 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  5 11:45Неймар: "У камида дунёнинг энг яхши футболчилари ТОП-5га киради"  6 10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  4 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  1 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  41 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  13 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  16 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  23 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  22 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  13 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2

"Andijon" jamoasi 2019 yilgi mavsumiy chiptalarni sotuvga chiqardi Yangiliklar

"Andijon" jamoasi 2019 yilgi mavsumiy chiptalarni sotuvga chiqardi

Teglar :  Andijon
Xademay mamlakatimizda katta futbol mavsumi start oladi.

Aniqrog'i baxorning ilk kunlaridan Superliga musobaqasi boshlanish arafasida. Bo'lajak chempionatga astoydil tayyorgarlik ko'rayotgan “Andijon” futbol klubi eng avvalo o'z muxlislarini mazmunli o'yinlari bilan yuqori kayfiyat ulashish hamda ishqibozlarga stadionda qulaylik yaratish bo'yicha bir qator tashkiliy ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan, klub marketing xizmati yangi mavsum oldidan “Andijon” jamoasining uy o'yinlariga kirish xuquqini beruvchi mavsumiy chiptalarni joriy etdi.

Mavsumiy chiptalar 7-8-9-10-11-12-13-21-22-23-24-25-26-27-28-sektorlarga chiqarilgan.

Xabaringiz bor, 2019 yilgi futbol mavsumi oldidan “Sog'lom avlod” stadioni yangicha ko'rinishga keltirilmoqda. “Andijon” jamoasining har bir uy uchrashuviga kirish xuquqini beradigan mavsumiy chiptalarning narxi 400,000 so'm qilib belgilangan.

Ushbu mavsumiy chiptani sotib olishning qulaylik tomoni shundaki, Siz har bir o'yin oldidan chipta sotib olishdan mosuvo bo'lasiz. Qolaversa bu orqali “Andijon” futbol klubining rivoji uchun o'z xissangizni qo'shgan bo'lasiz.

Mavsumiy chiptalarni sotib olish Siz xohlagan usulda amalga oshiriladi. Murojaat uchun manzil: 3 kichik daha, “Xalqlar do'stligi” stadioni.

Telefonlar:
+99874 226 70 27
+99874 226 10 47
+99899 907 10 13
+99893 413 99 99

Faqat soat 09:00dan 18:00ga qadar telefon qilishingiz mumkin bo'ladi.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика