So’nggi yangiliklar

01:41Илёс Зейтуллаев: "Женнифер Лопес ва шунча одамни майдондан ҳайдай олмайман-ку"  2 01:11Элдор Мойлиев: "Биз ҳам "Бунёдкор" ҳам ғалаба қозониб кетиши мумкин эди"  0 00:51Энди Жексон "Челси"га керак эмас  1 00:28Акмал Рустамов: "Ўйлайманки, биз ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз"  0 00:16"Манчестер Юнайтед" клуби қайта тамирланган Каррингтон базасини намойиш этди  0 23:57Улуғбек Бакаев: "Агар дуранг бўлганида адолатли бўларди"  3 23:31"Пахтакор"ни чемпионлик курашидан чиқаришга ҳали эрта" — Азамат Абдураимов билан иккинчи давра старти таҳлили   1 23:16Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Бунёдкор" "Шўртан"ни мағлуб эта олмади  9 22:57Шоҳруз Норхонов: "Жамоамга ғалаба келтирганимдан хурсандман"  0 22:44Февзи Давлетов: "Жанговар дуранг бўлди"  0 22:18Ҳаким Фузайлов: "Футболчиларимизга озгина дадиллик етишмади"  1 22:05Суперлига. "Қизилқум" "Бухоро"ни мағлуб этди, Норхонов собиқ жамоасига гол урди  13 21:53"Челси" сўнгги марта 1 ярим йил олдин гол урган ҳужумчисини сотиб юборди  2 21:34Душан Тадич БАА жамоасига ўтди  0 21:03Суперлига. Олмалиқда кечган "Хоразм" – "Сурхон" учрашувида жанговар дуранг  15

"Andijon" "Buxoro"ga qarshi o'yinni tomoshabinlarsiz o'tkazadi, "Neftchi" azosi 2 ta o'yinga chetlashtirildi, "Qizilqum" futbolchisining 2 ta sariq kartochkasi bekor qilindi - Tartib-intizom qo'mitasi Yangiliklar

"Andijon" "Buxoro"ga qarshi o'yinni tomoshabinlarsiz o'tkazadi, "Neftchi" azosi 2 ta o'yinga chetlashtirildi, "Qizilqum" futbolchisining 2 ta sariq kartochkasi bekor qilindi - Tartib-intizom qo'mitasi

O'zbekiston Futbol Associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

 Superliga

“Bunyodkor” — “Neftchi”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Neftchi” uchrashuvining 27-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi D. Turopov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining tizza qismiga tepgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Diyorjon Turopovga (Neftchi) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Bunyodkor” — “Neftchi”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Neftchi” uchrashuvining 81-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi SH. Abdurahmonov ikkinchi sariq, qizil kartochka olgandan so'ng boshi bilan bosh haqamning yuz qismiga zarba bermoqchi bo'lgan va tajovuzkor harakat qilgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, SHoxrux Abdurahmonovga (Bunyodkor) jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Bunyodkor” — “Neftchi”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Neftchi” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan. Unga ko'ra, “Neftchi” futbol klubi muhlislari tomonidan uchrashuv davomida, shu jumladan, uchrashuvning tanaffus vaqtida va uchrashuv yakunlangandan so'ng uchrashuv hakamlari shaniga haqoratli so'zlar ishlatilgani hamda maydonga turli xil buyumlar uloqtirilgani bilan bog'liq  holatlar  bo'yicha tegishli chora ko'rish so'ralgan. SHuningdek, uchrashuvga oid videoyozuv va boshqa malumotlar tahlil qilinganda mezbon jamoa sifatida “Bunyodkor” futbol klubi tomonidan stadionda jamoat tartibi va xavfsizligining taminlanishi etarlicha tashkil etilmagani aniqlandi.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, “Neftchi” futbol klubiga nisbatan o'z muhlislari tomonidan salbiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olinmagani uchun O'FA Intizom kodeksining 5.34-bandiga asosan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

SHuningdek, “Bunyodkor” futbol klubiga nisbatan stadionda jamoat tartibi va xavfsizligining taminlanishi etarlicha tashkil etilmagani uchun O'FA Intizom kodeksining 5.9-bandiga asosan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Olimpik” — “Qizilqum”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Olimpik” — “Qizilqum” uchrashuvining 14-daqiqasida “Olimpik” futbol klubi futbolchisi A. Bo'riev to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Abdurauf Bo'rievga (Olimpik) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Olimpik”—“Qizilqum”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Olimpik” — “Qizilqum” uchrashuvining 77-daqiqasida Qizilqum futbol klubi futbolchisi A. SHulaiga uchrashuv bosh haqami tomonidan  berilgan birinchi va ikkinchi sariq kartochka, qizil  kartochka bo'yicha vaziyat O'zbekiston futbol hakamlari markazining tashabbusi bilan Ekspert hakamlar komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilib, bosh hakam tomonidan ushbu vaziyatda xato qaror chiqarilgan, deb topilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, “Olimpik”— “Qizilqum” uchrashuvi bosh hakami tomonidan Akaki SHulaiga mazkur uchrashuvda ko'rsatilgan barcha kartochkalar O'FA Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan O'zbekiston futbol hakamlari markazi Ekspert hakamlar komissiyasi bilan kelishilgan holda bekor qilindi.


“Andijon” — OKMK

Superliganing 23-turi doirasidagi “Andijon” — OKMK uchrashuvda, “Andijon” futbol klubi muhlislari tomonidan uchrashuv davomida, shu jumladan, uchrashuvning tanaffus vaqtida va uchrashuv yakunlangandan so'ng uchrashuv hakamlari shaniga haqoratli so'zlar ishlatilgani hamda turli xil buyumlar uloqtirilgani, uloqtirilgan buyumlardan biri yordamchi hakamga teggani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, “Andijon” futbol klubiga nisbatan kelgusi 1 ta uy uchrashuvini tomoshabinlarsiz o'tkazish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


Pro-liga

“Yunired” — “Aral”

Pro liganing 22-turi doirasidagi “Yunired” — “Aral” uchrashuvining  70-daqiqasida  “Aral” futbol klubi futbolchisi D. Nizanov to'psiz vaziyatda boshi bilan raqib o'yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Damir Nizanovga (Aral) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

 

“Navbahor farm” — “Lokomotiv

Pro liganig 22-turi doirasidagi “Navbahor farm” — “Lokomotiv” uchrashuvining 45-daqiqasida “Navbahor farm” jamoasi muxlislari tomonidan raqib jamoa futbolchilari va uchrashuv rasmiylarining shaniga haqoratli so'zlar ishlatilib, o'zlarini tajovuzkor tutganligi,  natijada uchrashuv komissari uchrashuvni 2 daqiqaga to'xtatishga majbur bo'lgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, “Navbahor lochinlari” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


Birinchi liga Kubogi

“Do'stlik Toshkent” — “Yangier quruvchi”

Birinchi liga Kubogining 4-turi doirasidagi “Do'stlik Toshkent” — “Yangier quruvchi” uchrashuvining 16-daqiqasida “Do'stlik Toshkent” jamoasi futbolchisi SH. Qodirov oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining to'pig'iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, SHerzod Qodirovga (Do'stlik Toshkent) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Do'stlik Toshkent” — “Yangier quruvchi”

Birinchi liga Kubogining 4-turi doirasidagi “Do'stlik Toshkent” — “Yangier quruvchi” uchrashuvining 23-daqiqasida “Yangier quruvchi” jamoasi futbolchisi T. Omonov oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining to'pig'iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Turdimurod Omonovga (Yangier quruvchi) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

 

U-21 chempionati

“Nasaf” U-21— “Metallurg” U-21

U-21 chempionatining 23-turi doirasidagi “Nasaf” U-21 — “Metallurg” U-21 uchrashuvining 28-daqiqasida “Nasaf” U-21 jamoasi futbolchisi S. Buronov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sarvar Buronovga (Nasaf U-21) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Surxon” U-21 — “Navbahor” U-21

U-21 chempionatining 23-turi doirasidagi “Surxon” U-21 — “Navbahor” U-21 uchrashuvining 40-daqiqasida “Navbahor” U-21 jamoasi futbolchisi A. Abdurazzoqov to'psiz vaziyatda raqib o'yinchisining oyog'iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Abrorjon Abdurazzoqovga (Navbahor U-21) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

 

“Olimpik” U-21 — “Qizilqum” U-21

U-21 chempionatining 23-turi doirasidagi “Olimpik” U-21 — “Qizilqum” U-21 uchrashuvining 73-daqiqasida “Qizilqum” U-21 jamoasi futbolchisi A. Muzaffarov to'psiz vaziyatda raqib o'yinchisining ko'krak qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Akmaljon Muzaffarovga (Qizilqum U-21) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


Ayollar o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi

OKMK W — “So'g'diyona W”

Ayollar o'rtasidagi O'zbekiston Kubogining  yarim-final bosqichi doirasidagi OKMK W — “So'g'diyona W” uchrashuvining 79-daqiqasida “So'g'diyona W” jamoasi futbolchisi D. Xabibullaeva to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Diyora Xabibullaevaga (So'g'diyona W) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика