“Andijanka” Toshkent yig'iniga hozirlik ko'rmoqda

19 yanv 2016, 16:06
“Andijanka” ayollar jamoasi ayni damda o'z qarorgohida kuniga ikki mahaldan mashg'ulot olib bormoqda.

Jamoa ushbu haftada poytaxtga yo'l oladi. Sababi yig'inning qolgan qismi Toshkentda o'tishi rejalashtirilgan. Klub rahbariyatining ma'lum qilishicha, “Andijanka” 22 yanvar kuni Toshkentga jo'nab ketadi. U yerda “Admiral” mehmonxonasi jamoa uchun vaqtinchalik qarorgoh vazifasini o'tab beradi. Mazkur Toshkent yig'ini chog'ida bir qator uchrashuvlar o'tkazilib, selekciya ishlariga ham e'tibor qaratiladi. Shuningdek rahbariyat ushbu yig'in chog'ida jamoa a'zolarini sport  kiyimlari bilan taminlashni rejalashtirgan.    


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia