Anchelotti yirik g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
13 may 2022, 08:53
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Levante"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng (6:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"Levante" va ularning murabbiyini qo'llab-quvvatlashni istayman. Ular ajoyib klub, ishonamanki La Ligaga tez qaytishadi. 

Benzema va Vinisius bir-birlarini tushuna boshlashdi. Ular yaxshi o'ynashdi. 

Chempionlar ligasi finaliga yaxshi formada boramiz, chunki o'zimizga bo'lgan ishonch yuqori. Finalgacha kam vaqt qoldi. Jamoamiz bugun maydonda yaxshi mehnat qildi", - dedi Anchelotti. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca